Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

Yevro-2020 reglamenti: ochkolar teng kelib qolsa gar...

Yevro-2020 reglamenti: ochkolar teng kelib qolsa gar...

Baho:
+ | -

Yevropa chempionatida guruh bosqichining dastlabki 2ta tur o‘yinlari yakunlandi. Bugun esa guruhning so‘nggi tur bahslariga start beriladi. Xo‘sh, musobaqa reglamentiga ko‘ra, jamoalarning ochkolari teng kelib qolganida ularning guruhdagi o‘rinlari qanday aniqlanadi? Shunga to‘xtalib o‘tamiz. Zero, muxlislar uchun bu foydali bo‘ladi.

Jamoalarning guruhdagi o‘rinlari quyidagi tamoyillar asosida aniqlanadi:

A) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p ochko to‘plagan jamoa;

B) o‘zaro o‘yinlarda yaxshi to‘plar nisbatiga ega bo‘lgan jamoa;

S) o‘zaro o‘yinlarda ko‘p gol urgan jamoa;

D) ushbu 3ta tamoyil qo‘llanilganidan keyin ikkita jamoaning ko‘rsatkichi teng bo‘lib turgan bo‘lsa, mazkur tamoyillar faqat ushbu ikki jamoaga nisbatan qaytadan qo‘llaniladi. Shunda ham o‘rinlarni aniqlashning imkoni bo‘lmasa:

E) guruhning barcha o‘yinlarida eng yaxshi to‘plar farqiga ega bo‘lgan jamoa;

F) guruhning barcha o‘yinlarida ko‘p gol urgan jamoa;

G) guruh bosqichida ko‘proq g‘alaba qozongan jamoa;

H) Yuqoridagi tamoyillarni qo‘llagandan keyin ham faqat ikki jamoaning natijalari bir xil bo‘lsa va bu jamoalar guruhning so‘nggi turida o‘zaro to‘qnash kelishgan bo‘lsa, bu jamoalar o‘yindan keyin penaltilar seriyasida ishtirok etishadi (2tadan ortiq jamoaning ko‘rsatkichlari bir xil bo‘lsa, penalti tepilmaydi).

I) Fair Play qoidasi hisob-kitob qilinadi (ogohlantirish — 1 ball; ikkinchi sariq kartochka — 3 ball; to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka — 3 ball, sariq kartochka ketidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka — 4 ball).

J) UEFAning koefisiyentlar jadvalida terma jamoaning o‘rni.

Xabaringiz bor, guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi. Shuningdek, 3-o‘rinni egallagan jamoalar orasidan 4ta jamoa ham pley-off yo‘llanmasi beriladi. Guruhlardagi 3-o‘rinni egallagan terma jamoalar reytingi quyidagicha tuziladi:

A) eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa;

B) eng yaxshi to‘plar nisbati;

S) ko‘p gol urgan jamoa;

D) ko‘p g‘alaba qozongan jamoa;

E) Fair Play qoidasi hisob-kitob qilinadi (ogohlantirish — 1 ball; ikkinchi sariq kartochka — 3 ball; to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka — 3 ball, sariq kartochka ketidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka — 4 ball);

F) UEFAning koefisiyentlar jadvalida terma jamoaning o‘rni.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:54, 20.06.2021.
O'qildi: 6644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик