Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Diyor Imomxo‘jayev: «Vadim Abramovga na shaxs sifatida va na murabbiy sifatida ishonganman, ishonmayman ham»

Diyor Imomxo‘jayev: «Vadim Abramovga na shaxs sifatida va na murabbiy sifatida ishonganman, ishonmayman ham»

Baho:
+ | -

PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev «Ofsayd» ko‘rsatuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH—2022 3-saralash bosqichiga chiqolmagani va Vadim Abramov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Terma jamoaning keyingi bosqichga chiqa olmasligini oldindan taxmin qilgani haqida

Taxmin bo‘lgan, oldindan, buni yashirmayman. Lekin oldindan bilganman deb ayta olmayman. Chunki hech narsani oldindan bilib bo‘lmaydi. Ichki xavotir bor edi, menda bu Vadim Abramov terma jamoaga tayinlangandan keyin boshlangan. Shuning uchun juda bir olamshumul, dod-voy soladigan narsa bo‘lmadi men uchun.

Xorijlik murabbiyning ketishi va Abramovning kelishi noto‘g‘ri yo‘l ekanligi haqida

Ko‘pchilik bizga hujumkor futbol yoqishini aytadi, menga ham yoqadi shunday o‘yin. Mana kecha bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev ham hujumkor boks ko‘rsatib, bitta kuchli zarba o‘tkazib yuborib, nokautga uchradi. Futbolda ham shunaqa. Urishni bilgan odam, kaltak yeyishni ham bilish kerak. Saudiya Arabistoni ikkita o‘yinda 3 tadan gol urib, Ektor Kuperning falsafasi to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi. Toshkentda ham, Ar-Riyodda ham. Faqat gol urishimiz, oldingi chizig‘imiz va yarim himoyamiz bilan ish bitmasligini hamma biladi. Kuper himoyani to‘g‘rilashdan boshlayotgandi. U bilardi, himoyamiz og‘riqli nuqta ekanligini. Jahon Chempionatidagi raqiblarimiz Yaponiya, Koreya, Eron, Avstraliya va Saudiya Arabistoni ekanligini ham yaxshi tushunib turgandi. Biz ular bilan hujumkor o‘ynay olamizmi? Yo‘q. Qiynalamiz, judayam qiynalamiz. Misol uchun Koreyaning yetakchi futbolchilari Yevropaning kuchli chempionatlarida o‘ynaydi. Biznikilar esa Koreyaning 1-ligasida. Shunday ekan, qanday qilib hujumda o‘ynashimiz mumkin. Abramov himoyalanishni bilmaydi. U buni bir necha marotaba isbotlagan. O‘zbekistonni Olimpiadadan mosuvo qilganda ham, klublarda ishlaganda ham, 6 talab gollar o‘tkazgan. U avantyurist murabbiy. Shuning uchun menga unga na shaxs sifatida va na murabbiy sifatida ishonmaganman, ishonmayman ham.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta Jahon Chempionatlari saralashi doirasida so‘nggi, 3-bosqichga chiqa olmagach, Vadim Abramov faoliyatida ikkinchi marta mamlakat bosh jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. U dastlab 2010 yil aprel oyida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangandi va 2012 yilning 4 iyunida iste’foga chiqarilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:00, 22.06.2021.
O'qildi: 10900 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.