Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

"Kopa Amerika" o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Ayni damda guruhlardagi holat qanday?

"Kopa Amerika" o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Ayni damda guruhlardagi holat qanday?

Baho:
+ | -

Hech ham qiziqish doirasidan chetda qoldira olmayotganimiz "Kopa Amerika" turnirining 3-turi ham o‘z yakuinga yetdi. Qiziqarli o‘yinlar, bir qator rekordlar bilan bir qatorda turnir o‘ziga yarasha qiyinchiliklarga ham duch kelmoqda. Xususan, koronavirus bilan kasallanishlar holati tobora oshib bormoqda. Ammo bu chempionatning davom ettirilishiga to‘siq bo‘la olmayapti. Yakuniga yetgan 3-tur bizga bir qator qiziq bahslarni taqdim etdi. Shu natijalarni bir eslab o‘tamiz. 

"A" guruhi

Avvalombor "A" guruhdagi o‘yinlarga to‘xtalib o‘tamiz. Ilk uchrashuvda ikki autsayder terma jamoa o‘zaro bahs olib bordi. Venesuyela - Ekvador o‘yini gollarga va havfli vaziyatlarga boy bo‘ldi. O‘yinning 39-daqiqasida Ayrton Presyado Ekvador foydasiga hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 51-minut o‘tib borayotgan bir paytda esa raqiblar hisobni tenglashtirishga erishdi. Oradan roppa-rosa 20 daqiqa o‘tib Gonsalo Plata yana o‘z jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ronald Ernandes Venesuelani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan golga mualliflik qildi. 

Ushbu guruhning ikkinchi o‘yinida biroz kutilmagan natija qayd etildi, ya’ni Kolumbiya Peruga imkoniyatni boy berdi. O‘yinning 17-daqiqasida Peru futbolchisi Serxio Penya hisobni ochib bergan bo‘lsa, 51-daqiqada Migel Anxel Borxa penaltidan foydalanib, hisobni tenglashtirdi. Biroz o‘tib esa Yerri Mina o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va hisob boshqa o‘zgarmadi. Shunday qilib, Kolumbiya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi o‘yin ochko yo‘qotmoqda. 

"B" guruhi

Ushbu guruhda esa kurash ancha qizg‘in bo‘lmoqda. 3-tur ikkinchi kunidan o‘rin olgan ilk bahsda Chili - Urugvay jamoalari o‘rtasidagi qiziqarli bahs guvohi bo‘ldik. O‘yinning 26-daqiqasida Chili futbolchisi Eduardo Vargas hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida esa yana Chili futbolchisi Arturo Vidal gol urdi, ammo o‘z darvozasiga. Shunday qilib, ushbu o‘yin 1-1 hisobida o‘z yakuniga yetdi. 

Ushbu guruhning ikkinchi o‘yinida Argentina terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga maydonga chiqdi. O‘yinning 10-daqiqasida Aleksandro Gomes hisobni ochib berdi va bu gol yagonaligini saqlab qoldi. Ushbu natijadan so‘ng, "Albisileste" karvonboshilikni davom ettirmoqda. 

Kiritildi: 17:06, 22.06.2021.
O'qildi: 10431 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик