Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Coca-Cola Superliga. 13-tur uchrashuvlari 30 iyul sanasidan boshlab davom ettiriladi

Coca-Cola Superliga. 13-tur uchrashuvlari 30 iyul sanasidan boshlab davom ettiriladi

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliga musobaqasining 13-tur va 2 davra o‘yinlari sanalari ishlab chiqildi.

Bunda O‘zPFL O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2022 saralashi uchrashuvlari natijasidan kelib chiqib ish ko‘rganini qayd etish lozim. Boisi, bungacha O‘zPFL ishlab chiqqan reja terma manfaatlari yo‘lida o‘zgartirildi va jamoa rejadagidan 10 kun oldinroq yig‘ildi. Oqibatda Superliganing 13-tur uchrashuvlari hamda O‘zbekiston Coca-Cola kubogining 1/8 final bosqichini iyul oyigacha o‘tkazib olish imkoniyati yo‘qqa chiqdi.

Ma’lumki, iyul oyida futbol klublari yozgi tanaffusga chiqadi. Qolaversa, ayni chilla vaqtida futbol uchrashuvlarini tashkil etish sportchilar salomatligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL stadionlar projektorlarini talab darajasiga keltirish va shu yo‘l orqali uchrashuvlarni kechki salqinda o‘tkazish yuzasidan qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Afsuski, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralashidagi ishtirokini davom ettirmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, O‘FA sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida mavjud bo‘lgan FIFA kunlari uchun o‘z rejasini taqdim etib ulgurmadi. OFK kubogida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Nasaf” ishtirokidagi ehtimoliy uchrashuvlarning sanalari aniq bo‘lsa-da, o‘yinlarning qaysi mamlakatda o‘tishi masalasi to‘liq ochiqlanmagan. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL navbatdagi ishchi rejani taqdim etadi.

Superliga klublari 4 iyul kuni yakuniga etadigan 12-tur uchrashuvi va 9 iyul kuni 8-turdan o‘rin olgan “Nasaf” – “Mash’al” qodirilgan bahsidan so‘ng tanaffusga chiqadi. Kubokni ham qo‘shib hisoblasa, o‘tgan vaqt davomida klublar o‘tgan yilgidan farqli o‘laroq tanaffusga qadar 15 ta uchrashuv o‘tkazishga ulgurdi. Tanaffus 30 iyul sanasiga qadar davom etadi va shu sanadan e’tiboran klublar 13-turda start oladi. 2 davra uchrashuvlari bunga ulanib ketadi.

Quyidagi havola orqali siz 2 davra rejasi bilan tanishib olish imkoniyatiga egasiz. Bunda o‘yinlar sanalari ishchi rejaga kiritilgan va FIFA kunlari inobatga olingan, hatto uchrashuvlar sanalari ham aniq bo‘lib ulgurgan. Biroq O‘FA FIFA kunlari borasidagi rejalari va OFK klublarning ikkinchi raqamli qit’a musobaqasidagi rejalariga to‘la oydinlik kiritmagunicha, biz faqatgina avgust oyidagi uchrashuvlar sanasini to‘liq e’lon qilamiz.

Ma’lumot uchun, bizda yozgi transfer oynasi 5 iyul kuni ochiladi va 31 iyul sanasiga qadar davom etadi. Pandemiya bilan bog‘liq holat yoki O‘zPFLga aloqasi bo‘lmagan boshqa sabablar bilan uchrashuvlar sanalariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.

13-tur

30 iyul, juma

LOKOMOTIV – NASAF

MASH’AL – SURXON

31 iyul, shanba

ANDIJON – TURON

BUNYODKOR – PAXTAKOR

SO‘G‘DIYONA – AGMK

1 avgust, yakshanba

QO‘QON-1912 – NAVBAHOR

METALLURG – QIZILQUM

14-tur

6 avgust, juma

PAXTAKOR — NASAF

MASH’AL — BUNYODKOR

7 avgust, shanba

LOKOMOTIV — AGMK

METALLURG — SURXON

ANDIJON — QIZILQUM

8 avgust, yakshanba

SO‘G‘DIYONA — NAVBAHOR

QO‘QON-1912 — TURON

15-tur

13 avgust, juma

MASH’AL — PAXTAKOR

SURXON — ANDIJON

14 avgust, shanba

TURON — SO‘G‘DIYONA

BUNYODKOR — METALLURG

QIZILQUM — QO‘QON-1912

15 avgust, yakshanba

AGMK — NASAF

NAVBAHOR — LOKOMOTIV

1/8 final

18 avgust, chorshanba

SURXON — MASH’AL

SHO‘RTAN — QIZILQUM

DINAMO — OLIMPIK

19 avgust, payshanba

NASAF — METALLURG

PAXTAKOR — TURON

AGMK — NEFTCHI

20 avgust, juma

BUNYODKOR — NAVBAHOR

SO‘G‘DIYONA — LOKOMOTIV

16-tur

25 avgust, chorshanba

QO‘QON-1912 — SURXON

SO‘G‘DIYONA — QIZILQUM

METALLURG — MASH’AL

26 avgust, payshanba

ANDIJON — BUNYODKOR

PAXTAKOR — AGMK

27 avgust, juma

LOKOMOTIV — TURON

29 avgust, yakshanba

NASAF — NAVBAHOR.

Kiritildi: 14:53, 23.06.2021.
O'qildi: 2252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.