Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Tokio olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori belgilandi

Tokio olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga beriladigan bir martalik pul mukofoti miqdori belgilandi

Baho:
+ | -

Prezident “2021 yilda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi olimpiya va XVI paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasining ishtirokini ta’minlash hamda olimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

2021 yilda Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sport delegasiyasi tarkibi tasdiqlandi.

Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklandi:

  • Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi lisenziyani qo‘lga kiritgan sportchilar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining yakuniy bosqichini samarali va sifatli tashkil etish;
  • Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolarining ishtirok etishi uchun ularni sport anjomlari (shu jumladan, maxsus sport anjomlari), rasmiy libos va sport ekipirovkasi bilan ta’minlash;
  • Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegasiyasi a’zolarining ishtirokini ta’minlash uchun ularni kuzatish, joylashtirish, tantanali ravishda kutib olish tadbirlarini tashkillashtirish.

Ma’lumot uchun qabul qilinishicha:

  • 2021 yil 24 iyun holatiga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi jami 101ta lisenziya qo‘lga kiritilgan;
  • Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlangunga qadar olimpiya sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha kvotalar ajratish, paralimpiya sport turlari (paradzyudo, parapauerlifting, parasuzish, paraakademik eshkak eshish va boshqalar) bo‘yicha qo‘shimcha 17ta lisenziyani qo‘lga kiritish kutilmoqda.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini sifatli tayyorlashni tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasiga Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari boshlangunga qadar ularda qatnashish huquqini beruvchi qo‘shimcha lisenziyalar sonidan kelib chiqib mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan ilovalarga tegishli ravishda komissiya bayoni bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berildi.

Belgilab qo‘yilishicha:

a) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

  • oltin medal uchun – 200 000 AQSH dollari;
  • kumush medal uchun – 100 000 AQSH dollari;
  • bronza medal uchun – 50 000 AQSH dollari;

b) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Milliy antidoping agentligi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida:

sportchilar tomonidan antidoping qoidalariga qat’iy rioya qilinishi ustidan samarali antidoping nazoratini amalga oshiradi;

O‘zbekiston sport delegasiyasini antidoping mavzulariga oid tegishli o‘quv-axborot materiallari va turli ko‘rgazmali ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.

Kiritildi: 17:03, 25.06.2021.
O'qildi: 3395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.