«Lester» va Daniya terma jamoasi darvozaboni Kasper Shmeyxel Yevro-2020 1/16 bosqichi oldidan Uels darvozaboni Denni Vardni maqtadi.
«Oldimizda yuqori malakali darvozabon turganini unutmaslik kerak. Agar siz uni o‘yinda kuzatgan bo‘lsangiz, uning barcha kerakli fazilatlarga ega ekanligini bilasiz.
U qat’iyatli va juda xotirjam darvozabon», - deya Shmeyxelning so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Daniya Uelsga qarshi bugun 21:00da o‘ynaydi.