Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Viktor Jalilov: “Bugungi durangdan qoniqmadim”

Viktor Jalilov: “Bugungi durangdan qoniqmadim”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 11-turidan o‘rin olgan “Metallurg” – “Navbahor” (2:2) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bugun o‘yin tempi yaxshi bo‘ldi, natija ham adolatli. Biz ham g‘alabaga yaqin keldik, “Metallurg” ham o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Umuman olganda esa, biz ustunlikka erishdik, ko‘plab hujumlar uyushtirdik.

— Jamoa 0:2ga yutqazayotgandi, nimaning evaziga hisobni tenglashtirdi?
— Menimcha, birinchi navbatda, bu jamoada xarakter, iroda va kuch borligidan dalolatdir. Avvalgi matbuot anjumanlarida futbolchilarning jismoniy tomonlama tayyor emasliklari haqida gap bo‘lgandi. Agar yigitlar tayyor bo‘lishmaganda, 0:2 hisobini tenglashtira olishmasdi. Shuningdek, alohida futbolchilarning mahoratini e’tirof etish lozim. Albatta, tarkibimizda shunaqa hujumlarni boshlaydigan, davom ettiradigan va samarali yakunlay oladigan o‘yinchilar ko‘p bo‘lishini xohlayman. Muhimi, futbolchilarimiz vaziyat murakkablashganiga qaramay, o‘yinning borishini o‘zgartirib, gollar urishni uddalashdi.

— “Navbahor” bugungi kuchli raqib maydonida qayd etilgan durangdan qoniqdimi?
— So‘nggi 20-25 daqiqaning borishidan kelib chiqsak, bugungi natijadan qoniqmadim. Gollar urganimizdan keyin ham tashabbusga erishdik, yana imkoniyatlar vujudga keldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Albatta, g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, shu bois, durangdan ko‘nglim to‘lmadi. Umuman olganda, safarda durang o‘ynab, uydagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonish evaziga chempion bo‘lish ham mumkin.

— “Navbahor” avvalgi 10 ta o‘yinda 9 ta gol urdi. Bu kam emasmi?
— Men uchun ko‘proq hujum uyushtirishimiz muhim. Yanada ko‘proq gollar urishimiz mumkin edi, lekin hujum chizig‘ida muammomiz bor. Buni mutaxassis bo‘lmaganlar ham payqashlari mumkin. Ammo ishlashda davom etamiz. Mana, so‘nggi 3 ta o‘yinda 6 ta gol urdik. Albatta, holatni yaxshilashga astoydil urinyapmiz, lekin boshqa jamoalar ham bir joyda to‘xtab qolmayapti.

— Keyingi turda jamoangiz vodiy derbisida “Andijon”ga qarshi o‘ynaydi. Mazkur o‘yin haqida nima deya olasiz?
— U derbi bo‘ladimi yoki oddiy o‘yinmi, barcha o‘yinlar keskin kurashlar ostida kechmoqda. Kechagi o‘yinlarda ham ko‘rdik, jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o‘rni qanday bo‘lishiga qaramay, uchrashuvlar murosasiz tarzda o‘tdi. Bizning bugungi o‘yinimiz haqida ham shunday deyish mumkin. O‘yinlar shunday tempda o‘tadigan bo‘lsa, bu futbolimiz rivojiga xizmat qiladi. Istagim – maydonda sifatli harakatlarni amalga oshiradigan futbolchilar ko‘paysin.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:20, 27.06.2021.
O'qildi: 2333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.