Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Ana, xolos! Kanga emas, Kiaku-Kiaku Kiangani...

Ana, xolos! Kanga emas, Kiaku-Kiaku Kiangani...

Baho:
+ | -

«Rostov»da o‘ynagan Kaku Gelor Kangani bilasizmi? Afrikalik ushbu futbolchi yaqinda hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblandi: u pasportida ko‘rsatilganidan 5 yil oldin, boz ustiga, umuman boshqa mamlakatda tug‘ilgan ekan. Butun boshli detektiv...

Kaku Gelor Kanga - afrikalik futbolchi. U vaqtida Miodrag Bojovich boshqargan «Rostov» safida o‘ynagan va hattoki, Rossiya kubogini yutgan. Kanga keyinchalik Qurbon Berdiyev qo‘l ostida atigi bir mavsum ishladi va rostovliklar CHLga chiqishlaridan oldin klub bilan xayrlashdi. Kanga «Rostov»dan ketgach, faqat slavyan mamlakatlari klublarida o‘ynadi: dastlab «Srvena Zvezda»da 2 yil, so‘ngra Praganing «Sparta»sida 3 yil (Chexiyada har mavsum kamida 12ta gol urdi). Futbolchi o‘tgan mavsum yana «Zvezda»ga qaytdi. Ayni kunlarda esa futbolchining hayotida notinchlik - Kanganing faoliyati Afrikada keng muhokama qilinmoqda.

Yarim himoyachining rasmiy tug‘ilgan sanasi - 1990 yil 1 sentyabr. Hujjatlarga ko‘ra, u Gabonning Ekvatorial Gvineya bilan chegarasi yaqinidagi OYEm shahrida dunyoga kelgan. Ammo Kongo Demokratik Respublikasi futbol federasiyasida boshqacha ma’lumotlar mavjud. Kongoliklarning ma’lum qilishlaricha, Kanga aslida Kiaku-Kiaku Kiangani ekan. Yoshini qalbakilashtirish ayblovi yanada qiziq. Ma’lum qilinishicha, Kanga pasportida ko‘rsatilganidan 5 yil oldin tug‘ilgan, boz ustiga, Gabon emas, balki Kongo DR poytaxti Kinshasada. U hattoki, futbol mashg‘ulotlarini ham shu yerda boshlagan. Barchasi 2005 yili futbolchiga berilgan lisenziyasida qayd etilgan. Ushbu hujjatda tug‘ilgan sanasi ham ko‘rsatilgan - 1985 yil 8 oktyabr. Biroq Kiaku-Kiaku ke­yinchalik qayergadir g‘oyib bo‘ladi va faqat 2007 yili Gabonning «Mangasport» klubida ko‘rinish beradi. Qiziq, futbolchining o‘zi bunga nima deydi? «Yo‘q, Kongo DR tomonidan berilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasportga ega emasman, - dedi Kanga. - Menda vakolatli idoralar tomonidan berilgan Gabon pasporti bor. Agar buning aksini ko‘rsatadigan dalillar mavjud bo‘lsa, oldimga keltiringlar».

Kongoliklar hujum yo‘nalishiga ham egalar: Kanganing onasi keyinchalik Gabonga ko‘chib o‘tish uchun 1986 yili soxta o‘lim hujjatini rasmiylashtirgan va ma’lum muddat mamlakatda boshqa nom bilan yashagan. Gabonda futbolchiga berilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ham shubhali: u qayd qilingan sanadan 3 kun o‘tib ro‘yxatdan o‘chirilgan va manzil ham ko‘rsatilmagan. Kongo futboli rasmiylari allaqachon AFK (CAF)ga murojaat qilishdi, ammo ularning da’volari yetarli asoslar yo‘qligi tufayli inkor etildi. «Rostov»da uning hujjatlari borasida hech qanday shubha tug‘ilmagan. Kanga o‘ynagan klublarga xavf bormi? O‘ylashimcha, yo‘q. Bu mojaroda barcha savollar Gabon federasiyasiga yo‘naltirilishi kerak. Shuningdek, transferlar ro‘yxati FIFA orqali o‘tadi», - deya munosabat bildirdi «Rostov» klubining sobiq vise-prezidenti Aleksandr Shikunov.

«Srvena Zvezda» ham darhol futbolchini himoya qilib chiqdi: «O‘z futbolchimizga ishonishimizni ta’kidlamoqchimiz. Amalda Kanga qo‘lida pasport va Fran­siyada yashash guvohnomasi mavjud. U Rossiya va Chexiyada o‘ynagan va hech qachon muammoga duch kelmagan. Bu vaziyatni ikki millat o‘rtasida Afrika Millatlar kubogi yo‘lidagi urush o‘rnida qabul qilamiz. Bunda birgina Gelor Kanga qurbon emas. O‘ylaymizki, barchasi yaqin orada futbolchimiz foydasiga hal bo‘ladi».

***    Afrika kubogi saralash bosqichida tarkibida Kanga o‘ynagan Gabon termasi Kongo DR jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Buning oqibatida kongoliklar musobaqaning final raundiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishdi.

***        Kongoliklar hali qo‘l ko‘tarmoqchi emaslar. Ular AFKga qayta da’vo yozmoqchilar, demak, detektivning davomi bor...

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:00, 27.06.2021.
O'qildi: 6641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.