Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Kilian Mbappega yana bir klub da’vogarlik qiladi

Kilian Mbappega yana bir klub da’vogarlik qiladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi anchadan buyon Kilian Mbappe transferiga qiziqish bildirayotgani haqida barchamiz bilamiz. Dunyoning eng kuchli jamoalari fransiyalik hujumchi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor. Ular safiga endi sobiq Angliya chempioni «Liverpul» klubi ham qo‘shildi.

Xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar ehtimoliy transfer narxiga qiziqish bildirgan. Mbappening «PSJ» bilan shartnomasi keyingi yil yozda yakunlanadi va yangi shartnoma uchun harakatlar hali boshlanmagan. «Real» transfer qilish ehtimoli katta bo‘lgan fransiyalik uchun «Liverpul» ham kurashishi mumkinligi aslida ijobiy holat. «PSJ» direktori Nosir Al-Helayfiy bu haqida: «Mbappe hozir Yevro-2020da va sizni ishontirib aytamanki, u hech qayerga ketmaydi», deb qat’iy fikr bildirdi.

Jahonning nufuzli nashrlaridan biri «Marka» ham «Liverpul»ning ushbu transferga qiziqayotganini tasdiqladi. Ammo «Real» hali ham bu borada eng jiddiy da’vogar ekanini ma’lum qildi.

«Qaymoqranglilar» pandemiya tufayli moliyaviy inqirozlar qurshovida bo‘lsa ham Mbappe uchun qancha so‘ralsa ham berishga rozi deb yozadi, «Marka» o‘z xabarida. Bu uchun madridliklar hatto Luka Yovich, Dani Sebalyos, Brahim Dias kabi futbolchilaridan ham kechishga tayyor.

«Real» fransiyalik yosh hujumchi uchun 2017 yil – u «Monako»ni tark etgan paytidayoq qiziqish bildirgan. Biroq u paytlar madridliklar hujumida Ronaldu, Benzema, Beyl kabi taran futbolchilar bor edi. Endilikda Madrid tomonlarda vaziyat o‘zgargan: yaxshi hujumchiga muhtoj bo‘lib turibdi...

«Liverpul»da ham deyarli shunday holat. Mersisaydliklar uchun kelajakda yoshroq hujuchi kerak bo‘ladi. Biroq Mbappe xaridi ular uchun juda murakkab. Buni matbuot anjumanlarining birida Mbappening o‘zi «Real»da o‘ynash — men uchun orzu» deb aytganida ham ko‘rishimiz mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:33, 28.06.2021.
O'qildi: 10123 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.