"Milan" klubi futbolchisi yozgi transferlar oynasida Angliyaning "Tottenxem" klubiga kelib qo‘shilishi mumkin.
"Tuttosport" nashrining xabar berishicha, Kessyening agenti Massimo Brambati o‘z intervyusida "Tottenxem" klubi o‘z mijoziga qiziqayotganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi yakunlangan mavsum A Seriyaning 37 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 4 ta assist yozdirib qo‘ydi.