Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Metallurg»: Hamjihatlik va professionallik yutuqlar omili

«Metallurg»: Hamjihatlik va professionallik yutuqlar omili

Baho:
+ | -

Kecha “Metallurg” professional futbol klubida rahbariyat va ishchi xodimlarning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoa bosh murabbiyi Jasur Abduraimov, klub bosh direktori Abduqahhor Marifaliyev, klub texnik direktori Shavkat Saidov va boshqa ma’ul rahbarlar ishtirok etishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Jasur Abduraimov “Metallurg”ning so‘nggi o‘yinlarida qayd etilgan natijalar hamda jamoa namoyish etayotgan hujumkor futboldan kelib chiqqan holda olib borilayotgan ishlar samarasi va istiqboli haqida so‘z yuritdi. Klub yaxlit mexanizmdan iborat ekanligi, uning barcha muruvvatlari bir maromda, sidqidildan ishlasagina yuksak natijalarga erishish mumkinligini qayd etdi. Klubning barcha xodimlari – rahbariyatdan tortib oddiy ishchilargacha yaxlit jamoa bo‘lishga barchani chorladi. Klub a’zolaridan ishga professional yondoshishni, hamjihatlikni so‘radi.

Futbolchilarga yaratilayotgan shart sharoitlar qoniqarli ekanligini ta’kidlagan holda, ish samaradorligi hamda sifatini yanada yaxshilar choralarini ishlab chiqish zarurligini e’tirof etdi.

"Shundagina biz muxlislar kutgan chiroyli, hujumkor futbolni namoyish etamiz. Natijalar ham o‘z o‘zidan yaxshilanib kelaveradi. Bizning mavsumdagi qatnashuvimiz kuzda – musobaqaning yakuniy jadvalida o‘z aksini topadi. Aynan yakuniy jadvalga – chempionat ko‘zgusiga qaragan muxlis bizning mehnatimiz, o‘yinimiz va natijamizdan qoniqish hosil qilsin", — dedi Jasur Birodarovich.

Shuningdek, yig‘ilishda so‘z olgan Abduqahhor Marifaliyev, Shavkat Saidovlar ham klub xodimlarini ahillikka, hamjihatlikka va ishda professionalikka da’vat etishdi.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 07:00, 30.06.2021.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.