Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Andrey Shevchenko: «Tanlagan rejamiz ish berdi»

Andrey Shevchenko: «Tanlagan rejamiz ish berdi»

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Yevropa chempionatining nimchorak final bosqichida bo‘lib o‘tgan Shvesiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

– Qanotlarimizni xavfsizlantirishga qaror qildik. Yarim himoyachilarimizdan ko‘proq ishlashni talab qildik, Yarmolenkoning pozisiyasini biroz o‘zgartirdik. O‘yinni nazorat qilishga harakat qildik, ammo buni hamisha ham uddalay olmadik. Ammo jamoa mening ko‘rsatmalarimni to‘liq bajardi. Biz shoshmadik, to‘pni qanotlardan qanotlarga ko‘chirdik. Birinchi golni shunday tarzda urdik.

– G‘alaba haqqoniy bo‘ldimi?
– Har ikki jamoa juda yaxshi o‘ynadi. Qiziqarli futbol bo‘ldi. Hech kim yutqazishni istamadi. Shu bois, uchrashuv shunday dramagacha yetib bordi.

– Malinovskiy zaxirada qoldi. Zinchenko esa chap qanot himoyasida o‘ynadi. Buning sababi nimada edi?
– Bizda nostandart qarorlar qabul qilish borasida muammo yo‘q. Ilk daqiqadanoq qanday o‘ynashini bilardik. Uni qanday qilib kuchaytirish mumkinligini bilardik. Biz tanlagan reja ish berdi.

– Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashini his qildingizmi?
– Bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelganlarning barchasiga rahmat. Mening oilam va farzandlarim ham kelishdi. G‘alaba qozonishni juda ham istagandik. Jamoamga minnatdorchilik bildiraman. Ular qahramonlik namoyish etishdi.

Shuningdek, prezidentimizga rahmat aytaman. U qo‘ng‘iroq qilib, jamoani qo‘llab-quvvatladi. Bizga muxlislik qilishayotganini his qilamiz. Jamoa o‘z o‘yini bilan Ukraina muhabbatiga sazovor bo‘ldi.

– Keyingi bahs Italiyada bo‘ladi. Hissiyotlar qanday?
– Og‘ir o‘yin bo‘ladi. Kimga qarshi o‘ynashimizni bilamiz (Angliya). Hozir xursandchilik qilish uchun vaqt bor, ertaga esa Rimga uchamiz.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:09, 30.06.2021.
O'qildi: 1943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.