Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yevro-2020. Nimchorak finaldan keyin musobaqada qayd etilgan statistikalar bitta sahifada

Yevro-2020. Nimchorak finaldan keyin musobaqada qayd etilgan statistikalar bitta sahifada

Baho:
+ | -

Yevro-2020 musobaqasining chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi. Chorak final uchrashuvlari 2 va 3 iyul kunlari o‘tkaziladi.


Biz hozirga qadar qayd etilgan statistikalarni taqdim etamiz.

* Yevro-2020 musobaqasida jami 51 o‘yin o‘tkaziladi. Shulardan 44 tasi yakunlanib bo‘ldi.

* Shu paytgacha musobaqada 123 gol kiritildi. Bu har bir o‘yinga o‘rtacha 2.8 gol degani yoki bo‘lmasa har 32 daqiqada bitta gol urilmoqda.

* Gollarning eng ko‘p kiritilgan davri 46-60 daqiqalarga to‘g‘ri keladi (26 gol). Ikkinchi o‘rinda 76-90 daqiqalar oralig‘ida kiritilgan gollar (23 gol).

* Eng ko‘p gol urgan jamoalar ro‘yxatida Ispaniya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. "Qizil furiya" Xorvatiya bilan bo‘lgan dramatik bahsla ekstra-taymlar bilan hisoblaganda 5 ta gol urishdi va umumiy gollar sonini 11 taga yetkazib olishdi.

1. Ispaniya - 11 gol
2. Italiya va Daniya - 9 gol
4. Niderlandiya va Belgiya - 8 gol
6. Xorvatiya, Portugaliya, Fransiya, Shvesariya - 7 gol


* To‘pga egalik qilish bo‘yicha ham Ispaniya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda (67.5 foiz). Ikkinchi o‘rinda musobaqa bilan xayrlashgan Germaniya termasi. Lyov shogirdlari har bir o‘yinda o‘rtacha 59.3 foiz to‘pni nazorat qilishgan.

1. Ispaniya - 67.5 foiz
2. Germaniya - 59.3 foiz
3. Italiya - 56.3 foiz
4. Daniya - 56 foiz
5. Niderlandiya - 54.8 foiz
6. Belgiya - 54.3 foiz


* Uzatmalar aniqligi borasida "nemis mashinasi" peshqadam. Terma jamoaning uzatmalari 89.3 foiz aniqlikda manzilga yetib borgan. Ikkinchi o‘rinlarda esa Ispaniya va Fransiya jamoalari borishmoqda (89 foiz).

1. Germaniya - 89.3
2. Fransiya - 89
2. Ispaniya - 89
4. Portugaliya - 88.5
5. Italiya - 88
6. Belgiya - 87.8


* Shu paytga qadar raqib jamoa darvozasi tomon urinishlar bo‘yicha Italiya terma jamoasi yaqqol ajralib turibdi. "Skuadradzurra" 87 marotaba raqiblar tomon urinishlarni amalga oshirgan.

1. Italiya - 87
2. Daniya - 77
3. Ispaniya - 68
4. Shvesariya - 60
5. Fransiya - 57
6. Niderlandiya - 53


* Raqibdan to‘pni olib qo‘yish ko‘rsatkichiga ko‘ra Avstriya terma jamoasi birinchi o‘rinda turibdi. David Alaba yetakchiligagi jamoa 4 o‘yinda raqiblaridan jami 207 marta to‘pni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

1. Avstriya - 207
2. Niiderlandiya - 201
3. Daniya - 187
4. Ukraina - 185
5. Chexiya - 184
6. Ispaniya - 165


* Eng ko‘p seyv amalga oshirgan terma jamoalar o‘rtasida Uels (4 o‘yinda) va Turkiya terma jamoalari (3 o‘yinda) hukmronlik qilishmoqda - 18 seyv.

1. Uels - 18
1. Turkiya - 18
3. Shimoliy Makedoniya - 14
3. Finlandiya - 14
5. Ukraina - 13
6. Belgiya - 12


* Musobaqa davomida birorta to‘p o‘tkazib yubormagan Angliya tabiiyki eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazib kelayotgan terma jamoa sanaladi (4 o‘yin).

1. Angliya - 4
2. Italiya - 3
2. Belgiya - 3
4. Niderlandiya - 2
4. Chexiya - 2
4. Shvesiya - 2


* Ayni paytda musobaqa to‘purari bo‘lib turgan Krishtianu Ronaldu hisobida 5 gol bor. Uni Chexiya termasi hujumchisi Patrik Shik ta’qib qilmoqda.

1. Krishtianu Ronaldu - 5
2. Patrik Shik - 4
2. Karim Benzema - 4
2. Emil Forsberg - 4
5. Robert Levandovski - 3
5. Harris Seferovich - 3


* Shvesariya termasi a’zosi Zuber 4 assist bilan musobaqaning eng yaxshi assistenti bo‘lib turibdi. Uni Daniya yarim himoyachisi Xoyberg ta’qib qilib kelmoqda.

1. Zuber - 4
2. Xoyberg - 3
3. Kulushevski - 2
3. Pau Torres - 2
3. Olmo - 2
3. Malen - 2

Manba: euro2020.com
Kiritildi: 11:09, 30.06.2021.
O'qildi: 2515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.