Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

MYUga ko‘chib o‘tgan Sancho transferidan «shaharliklar»ga ham foyda tegadi

MYUga ko‘chib o‘tgan Sancho transferidan «shaharliklar»ga ham foyda tegadi

Baho:
+ | -

Dortmundning «Borussiya» klubi vingeri Jeydon Sancho faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradi.

The Sun nashrining yozishicha, 2017 yilda Sanchoni «Borussiya»ga sotib yuborgan «Manchester Siti» futbolchining transferidan 15 foiz ulushini olish imkoniyatiga ega.

Oldinroq «Manchester Yunayted» Sancho uchun 85 million yevro to‘lashi haqida xabar berilgandi. Shunday qilib, «Siti» taxminan 12 million yevroga yaqin foydaga ega chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Sancho - «shaharliklar» tarbiyalanuvchisi. U 2015 yildan 2017 yilgacha klub tarkibida bo‘lgan.

Kiritildi: 09:20, 02.07.2021.
O'qildi: 6138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик