"Groningen" yarim himoyachisi Gabriel Gudmundsson "Milan"ning transfer maqsadiga aylandi.
Jurnalist Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, klublar allaqachon 22 yoshli shvedning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlashgan.
Niderlandiya klubi o‘z futbolchisini 4-5 million yevroga sotishga tayyor.
O‘tgan mavsum Gudmundsson "Groningen" tarkibida 23 uchrashuv o‘tkazdi va 5 golga uzatma berdi.