Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Xayrulla Karimov: «Hakamlar VAR orqali adolatli qarorga kelishdi»

Xayrulla Karimov: «Hakamlar VAR orqali adolatli qarorga kelishdi»

Baho:
+ | -

AGMK klubi murabbiyi Xayrulla Karimov Superliganing 12-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Qo‘qon-1912"ga qarshi uchrashuv (2:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«O‘yin yaxshi o‘tdi deb o‘ylayman. "Qo‘qon-1912" bilan xoh uyda, xoh safarda bo‘lsin har doim qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. O‘yin muxlislarga yoqdi deb umid qilaman. Muhimi, kerakli 3 ochkoga ega bo‘lib, tanaffusga yaxshi kayfiyatda yo‘l olyapmiz.

VAR? Menimcha, ushbu tizim bo‘lgani yaxshi, lekin to‘xtalishlar ko‘p bo‘lyapti. Bugungi vaziyatni oladigan bo‘lsak, VAR penaltini va qizil kartochkali holatni ko‘rib chiqdi. VAR bo‘lmaganida buning iloji bo‘lmasdi va balki boshqacha bo‘lib ketishi mumkin edi. Hakamlar tizim orqali adolatli qarorga kelishdi va haqli ravishda g‘alaba qozondik deb o‘ylayman. Yigitlarga o‘yin uchun rahmat deymiz, tanaffusga yaxshi kayfiyatda chiqib ketyapmiz», — dedi Xayrulla Karimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 05:21, 04.07.2021.
O'qildi: 2503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик