Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 16:30 Torino - Lechche
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid - Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo - Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted - Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest - Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa - Brentford
01/02 20:15 Betis - Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem - Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese - Inter
01/02 22:30 Xetafe - Selta
02/02 00:45 Parma - Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad

Martines Belgiya «oltin avlod»iga munosibmi?

Martines Belgiya «oltin avlod»iga munosibmi?

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi kuchli va yulduzlarga boy tarkibga ega bo‘lishiga qaramay, bu safargi musobaqani ham muddatidan oldin tark etishga majbur bo‘ldi. Italiyadan uchralgan mag‘lubiyat tasodif edi deb hech kim aytolmasa kerak. Harxolda, turnir oldidan Yevroda zafar quchishi mumkin bo‘lgan favoritlar qatorida ushbu jamoa ham qayd etilgan edi.

Roberto Martines, jamoasi turnirni tark etganidan so‘ng, murabbiylikdan ketishi yoki qolishi bilan bog‘liq savollarga javob berishdan bosh tortdi. Ilgari, Frank de Bur, Fernando Santos, Didye Desham kabi murabbiylarga berilgan savolga Martines ochiq javob bermadi. Lekin juma kungi Myunxendagi o‘yindan keyin baribir o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Hozir ochig‘ini aytishim kerak: mag‘lubiyatdan boshqa narsani o‘ylay olmayapman. Yevroni tark etganimiz bu haqiqat. Biz yana bir yirik turnirda o‘zimizning haqiqiy kuchimizni ko‘rsata olmadik. Endi o‘yinlarimizni tahlil qilish vaqti keldi. Haqiqiy bahoni esa muxlislarimiz berishadi. Jamoadagi hamma hozir umidsizlik va qayg‘uga botgan. Hozir men o‘ylayotgan narsalar mag‘lubiyatdan ortiq bo‘la olmaydi».

Niderlandiya bosh murabbiyi De Bur o‘zining jamoadagi 5 yillik faoliyatidan so‘ng xuddi yuqorida aytilgan Martinesnikiga o‘xshash fikrlar bergandi. Nima bo‘lganda ham asliyatda shunday: yana bir musobaqa qo‘ldan chiqarildi va jamoada bir muncha reforma ishlari talab etiladi.

47 yoshli mutaxassis Belgiyani so‘nggi uch yil davomida FIFA jadvalida 1-o‘rinda olib yurdi. Bir kichik davlat bo‘la turib, futbolda kuchli ta’sirga ega. Ammo oltin avlod shakklanganiga qaramay, halihamon titul yuta olgani yo‘q. Ba’zida esa muvaffaqiyatsiz o‘yinlari ortib ketyapti. Shunday bo‘lsa ham Roberto Martines bosh murabbiy va Belgiya futbol assosiasiyasi texnik direktori. Unga katta ishonch bildirilgan. Futbolchilar orasida ham obro‘yi baland. Ammo hali aytarli yaxshi natijaga erishmagan.

U Belgiya MTJda o‘z faoliyatini 2020 yilgacha, nari borsa Qatardagi Jahon chempionatiga qadar davom ettirishni reja qilgan edi. Musobaqadan erta chiqib ketgani tufayli endi ketish ehtimoli yuqoriladi. Martinez Belgiyada yoshlar futbolini rivojlantirishda beqiyos rol o‘ynagan. Xuddi Angliyada bo‘lgani kabi 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan eng yaxshi iste’dodlarni saralab olish tizimini shakllantirgan. Ularni professional ligalarda to‘p surishiga imkoniyat yaratgan. Martines ketgach, 16 oydan so‘ng Jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu vaqt davomida esa butunlay jamoani buzib qayta quradigan mutaxassis kerak. G‘oyalardagi o‘zgarishlarga esa har qanday yulduz futbolchi uchun ko‘nikishi qiyin bo‘ladi.

Jaloliddin Ismatov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:43, 04.07.2021.
O'qildi: 3181 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.