Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

To‘rt munosib nomzod. YEVROni kim yutadi? (1-qism)

To‘rt munosib nomzod. YEVROni kim yutadi? (1-qism)

Baho:
+ | -

SKUADRA ADZURRA

Chorak final o‘yinlari yakunlanib biz bosh sovringa nomzod bo‘lib qolayotgan 4 ta terma jamoa nomini bilib oldik. Avvalambor, bu YEVRO avvalgilaridan ancha farqli o‘tayotganini ta’kidlash lozim. To‘g‘ri, har bir alohida turnir bu – alohida voqeylik va ularning o‘zaro farqlanishi tabiiy. Fikrimcha, yarimfinalga tasodif tufayli kelib qolgan jamoa yo‘q. Hozirgacha turnirda ishtirokni davom ettirayotgan jamoalarning har bir sovringa munosib. Keling, ularning barchasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Italiya!

Turnirdagi birinchi o‘yinidan buyon futbol muxlislari og‘zidan tushmayotgan tarif – o‘ziga o‘xshamayotgan va o‘ta yoqimli terma jamoa!

Mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha Milliy rekordni yangilab olgan Manchini jamoasi, endi bu boradagi Jahon rekordiga yaqin – 3 ta o‘yin qoldi ungacha. Katenachcho deb atalmish “zo‘raki yoqimli” o‘yin uslubini nihoyat zehnidan chiqarib yubora olgan italiyaliklar hujumda turfa xillik ko‘rsata olishmoqda. Hozircha musobaqada raqiblari darvozasiga eng ko‘p zarba yo‘llagan jamoa – Italiya (101).

5 o‘yindagi hujumlarni qayta ko‘rib chiqing, yuqori diversifikasiyani kuzatishingiz mumkin bo‘ladi. Chap qanot himoyasidagi Spinasolla turnirda hujumga borishdagi eng foydali futbolchilardan biri, agar eng foydalisi bo‘lmasa. Bundan tashqari u rasman YEVRO-2020ning eng tez futbolchisi bo‘lib turibdi - 33,8 km/soat. (U jiddiy yo‘qotish). O‘ng qanotda bunday himoyachi yo‘q. Bori – Di Lorenso hujumda u qadar faol emas. Ammo buni o‘sha tomonda oldinda o‘ynayotgan Barella va Kyeza kompensasiya qilmoqda. Himoya markazi haqida aytish shart emas. Ko‘zi bog‘liq holda bir-birini ko‘radigan juftlik – Bonuchchi-Kyellini. Jorjinyo-Veratti juftligi markazdagi eng zo‘ri ekani ham bahssiz, menimcha. Marko Veratti qolganlardan kamroq o‘yin o‘tkazganiga qaramay, hozirda musobaqada raqibdan eng ko‘p to‘pni  olib qo‘ygan futbolchi bo‘lib turibdi. Jorjinyo ham, Veratti ham bo‘shliqlar yuzaga keltirish, ularni topishga o‘ta usta. Belgiyaga qarshi o‘yinda buni ko‘rdik. Oldinda Chiro Immobelening o‘yini o‘xshamayotgani yagona muammo bo‘lib turibdi, deyish mumkin. O‘zi Italiya hozircha YEVROda 11 ta gol urdi-yu, ularning birortasi bosh bilan emas. Bu ham ijobiy jihat emas aslida. Biroq buni Insinye ko‘rsatayotgan, chayqatib yuboruvchi zarbalar to‘ldirmoqda.

Ispaniyaga qarshi o‘yinda masala markazda hal bo‘ladi, menimcha. Agar shunday bo‘lsa, Manchini jamoasining maydon markazi kuchliroq. Jorjinyo va Veratti qarshisida birgina qariya Buskets qolib ketmoqda (Lekin Serxioning ham saviyasiga aslo shubha yo‘q).

Aslida Ispaniyaning turli ko‘rsatkichlar borasida Italiyadan oldinda ekanini ko‘rish mumkin. “Qizil furiya” haqida biroz kechroq yozaman. Hozircha “Moviy gvardiya” haqida qisaqacha to‘xtalgan bo‘ldim.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 06:00, 05.07.2021.
O'qildi: 6639 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.