"Napoli" himoyachisi Jovanni Di Lorenso bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda nufuzli jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, futbolchining yangi shartnomasi 2026-yilga qadar amal qiladi. Di Lorenso Yevro-2020 yakunlanganidan so‘ng yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, ertaga Di Lorenso Italiya terma jamoasi bilan Yevro-2020 yarim finalida Ispaniya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. O‘yin Tshv bilan soat 00:00da bo‘lib o‘tadi.