Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Andijon» vise-prezidenti Jahongir Nuriddinov: «Tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida ko‘plab tajribali futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz»

«Andijon» vise-prezidenti Jahongir Nuriddinov: «Tarkibni yanada kuchaytirish maqsadida ko‘plab tajribali futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz»

Baho:
+ | -

Bilasiz, so‘ngi paytlarda «Andijon» jamoamiz tarkibini o‘zgarayotganligi bo‘yicha turli mish-mishlar ijtimoiy tarmoqlarda chop etilmoqda. Ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida jamoamizning vise-prezidenti Jahongir Mutallibjonovichning fikrlariga qiziqdik.

"Darhaqiqat ikkinchi davrada jamoamizni kuchaytirishni maqsad qilganmiz. Bu masala bo‘yicha sport direktorimiz, murabbiy bilan birga ishlayapmiz. Transfer oynasida jamoamizga bir qator futbolchilar kelib qo‘shiladi, xudo xohlasa. Muzokara olib borilayotgan futbolchilar qatorida tajribalilari ko‘p, shuningdek, bir necha yoshlar xam bor. Hozircha futbolchilar nomini oshkor etmayotganimiz sababi, hali birortasi bilan to‘liq kelishuvga erishilmagan. Tez kunda muzokaralar to‘liq yakuniga yetib, yakuniy kelishuvga erishilgach. Barcha keladigan o‘yinchilarni rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilamiz.

Jamoamiz futbolchilariga kelsak, hozircha rahbariyat hech qaysi futbolchi bilan shartnomani bekor qilgani yo‘q. Jamoamizni tark etadigan futbolchilar hamda tark etgan futbolchi bo‘lsa bu haqda xam rasmiy sahifalarimiz orqali e’lon qilamiz. Hozirda jamoamiz qisqa muddatli ta’tilda" - dedi Jahongir Mutallibjonovich.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 09:15, 07.07.2021.
O'qildi: 2341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик