Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘FA Ijroqo‘mi Byurosi bir qator professional futbol klublariga legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha cheklov qo‘ydi

O‘FA Ijroqo‘mi Byurosi bir qator professional futbol klublariga legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha cheklov qo‘ydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

6 iyul kuni O‘FA Ijroqo‘mi Byurosining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda shu yilning 14 may kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi majlislar zalida klublar bosh murabbiylari hamda rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish xulosalari, shuningdek, mazkur xulosalar asosida kiritilgan takliflar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Byuro legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasiga alohida e’tibor qaratdi hamda «Sho‘rtan», «Surxon», «Neftchi», «Qo‘qon-1912», «Andijon» kabi futbol klublarining xorijlik futbolchilar bilan ishlashda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, oqibatda ish FIFA doirasida muhokama etilgani masalasini muhokama qildi. Bu ishlar tabiiyki, O‘zbekiston futboli imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Shundan kelib chiqib, O‘FA Ijroqo‘mi Byurosi «Surxon», «Neftchi» va «Sho‘rtan» futbol klublariga joriy yilgi yozgi transfer oynasida legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha to‘liq cheklov joriy etishni ma’qulladi.

«Andijon», «Nasaf», «Turon», «Qizilqum», «Qo‘qon-1912», «Lokomotiv», «Mash’al», «Metallurg», «So‘g‘diyona», «Navbahor lochinlari», «Bunyodkor», «Buxoro», «Oqtepa», «Yangiyer quruvchi», «Xorazm», «Dinamo plyus» futbol klublariga esa mavjud qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani uchun 2021 yilning yozgi transfer oynasi uchun legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yildi.

Mazkur taqiq futbol klublarining ayollar jamoalari uchun legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tadbiq etilmaydi. Shuningdek, mavjud qarzdorlikni yozgi transfer davomida to‘liq bartaraf etgan klublar uchun 31 iyul sanasiga qadar yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat etiladi.

Legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yilgan barcha futbol klublari yozgi transfer oynasi yakuniga qadar (2021 yilning 31 iyul) mavjud qarzdorlikni bartaraf etmasa, ular uchun 2022 yilgi mavsumning qishki transfer oynasida ham legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yilishi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 19:21, 07.07.2021.
O'qildi: 2244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.