Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Neymar orzusi tomon intilayotgan Messining oyog‘idan chalib qola oladimi? "Kopa Amerika" finali haqida

Neymar orzusi tomon intilayotgan Messining oyog‘idan chalib qola oladimi? "Kopa Amerika" finali haqida

Baho:
+ | -

Kecha bO‘lib o‘tgan qiziqarli bahsda Argentina terma jamoasi Kolumbiyani mag‘lub etib, "Kopa Amerika" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yin juda ham qiziqarli va kurashlarga boy bo‘ldi. "Albisileste" ustunlik qildi va ko‘plab hujumlar uyushtirib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq kolumbiyaliklar o‘zlariga berilgan oz imkoniyatlarning bittasidan foydalanib,  hisobni tenglashtira oldi. Navbat penaltilar seriyasiga keldi. Bu esa Argentina terma jamoasiga katta bosim yuklashi aniq edi. 

Argentina

Bizda "Kopa Amerika" turnirini ko‘rish, biroz qiyin bo‘ldi. O‘zimizda yoki o‘zimizga yaqin qaysidir OAVda bu turnir trasnlyasiya qilinmadi. Shuningdek, o‘yinlarning vaqti ham biz uchun biroz noqulay edi. Shunga qaramay, men Braziliya v Argentina ishtirokidagi ko‘plab o‘yinlarni kuzatib borishga muvaffaq bo‘ldim. Messi va jamoadoshlari turnirni o‘zgacha ruhiyatda o‘tkazayotgani menga sezildi. Ular o‘zlarini har o‘yinda g‘oliblarday his qildi. Hujumkorlik va himoyalanishda o‘ziga ishonch ularda namoyon edi. Guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlagach, chorak finalda Ekvador osonlikchi taslim etildi. Yarim finalda esa aks holat sodir bo‘ldi. Balki, o‘yin jihatdan ular ustunlik qilgandir, ammo 120 daqiqa yakunida hisob 1-1 bo‘ldi. Ochig‘ini aytsam, penaltilar seriyasida men butunlay boshqacha Argentinani ko‘rdim. Messi seriya davomida shunday emotsiyalarga berildiki, bu o‘zgacha bir yoqimli jarayon bo‘ldi. Undagi xohish va jangovorlik butun jamoaga ham ta’sir qildi. Damian Martinesning o‘ta ishonchli harakatlarini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Shunday qilib, "albisileste" final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Finaldagi raqib ancha kuchli, biroq ular mana shu ruhiyat va mana shu tempda davom etsa, chempion bo‘la olishi mumkin.

Braziliya

"Pentakampeonlar" ushbu turnirning finaligacha unchalik ham qiyin bo‘lmagan yo‘lni bosib o‘tdi. Faqatgina chorak finalda Chili ularga biroz qarshilik ko‘rsata oldi. Boshqa o‘yinlarda esa darajadagi farq ancha sezilib qoldi. Mana nihoyat finalda ular o‘z darajasidagi terma jamoaga qarshi bahs olib boradi. Biz har doim ularning nomini tilga olsak, yulduzli tarkib jumlasini qo‘shib aytamiz. Bu safargi turnirda ham shunday desak bo‘ladi, biroq tarkib u qadar ham bir tekis emas. Ularning yarim himoyasi biroz kuchsizroqdek, nazdimda. Argentinani ko‘pincha Messining darajasiga yaqin futbolchilar yo‘qligini aytishar edi, ayni damda Braziliyada ham shu holat. Neymar o‘z jamoadoshlaridan bir bosh ustun. Markinyos va va Kazemiro bor, ammo ular yetakchi emas, balki, o‘z ishlarini ustalari hisoblanadi. Shunday ekan, bu safar ularni favorit demagan bo‘lar edim. 

 

Final haqida

Biz Yevro-2020 turnirini ayni dam katta qiziqish bilan kuzatib bormoqdamiz. Ayni damda mazkur turnir ham final arafasida. Bugun bo‘lib o‘tadigan Daniya va Angliya bahsi finalda kim o‘ynashini hal qilib beradi. Yarim finalda o‘ynayotgan jamoalar ko‘proq jamaoviy o‘yin evaziga yetib keldi, desam adashmagan bo‘laman. Ular safida yaqqol yetakchi futbolchilar yo‘q. Bu tarafdan "Kopa Amerika" turniri finali maqtana oladi. Har holda, Neymar va Messi qarama-qarshiligining o‘zi ham finalga bezak bera oladi. Ha aytgancha, bu bahs "Oltin to‘p" masalasini ham hal qilib bera olishi mumkin. Xullas, 11 iyul sanasida kim ayni damda Konmebol lideri ekanligini bilib olamiz. Jang endi bo‘ladi, bundan oldingilari esa janggacha "tayyorgarlik" edi. 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:37, 07.07.2021.
O'qildi: 7590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.