Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Munosabat: Hakamlik sifati qanday?

Munosabat: Hakamlik sifati qanday?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

PFL bosh direktorining xulosasiga ko‘ra, Superliga-2021 birinchi davrasi mobaynida hakamlikka doir savollar ko‘p tug‘ilgani yo‘q. Oddiy aytganda,  futbolimiz mutasaddisi milliy chempionatimizdagi hakamlik sifati chakki emasligini ta’kidlamoqda.

-Kuchli issiq haqida ketma-ket ogohlantirish bo‘layotgan vaqt-da futbol tanaffusga chiqdi. Ko‘z tegmasin, intriga bor, ishlayotganlarda xatolar ham bo‘ladi. Menda Coca-Cola Superliga uchrashuvlaridagi hakamlik bo‘yicha faqatgina 4ta uchrashuvga daxldor savollar paydo bo‘ldi:

2-tur: «So‘g‘diyona» — «Turon»

4-tur: «Paxtakor» — «Metallurg»

5-tur: «Mash’al» — «Qo‘qon-1912»

12-tur: «Nasaf» — «So‘g‘diyona»

5-turdagi uchrashuvda urilgan gol bo‘yicha qanot hakamiga savolim ko‘p emas, VAR yo‘q edi, holat shuni taqozo qildi. Bunaqasi futbolda uchrab turishi, germaniyalik mashhur referi Feliks Brix vaqtida Bundesligada qasddan bo‘lmagan shunday xatoga yo‘l qo‘ygani, oradan 4 yil o‘tib esa, Chempionlar Ligasi finalini boshqargani haqida yozgandim. Shunda faqatgina 3ta uchrashuv qolyapti. 2tasida «So‘g‘diyona» nomi bor. Birinchisi uchun O‘FA o‘z xulosasini taqdim etgandi. Ikkinchisida ham shunday bo‘ladi, unga qadar kutish kerak. Bu 12ta tur uchun - yaxshi ko‘rsatkich. Chunki hakamlarning  butkul xatosiz ishlashlari imkonsiz. Shu yilning 27 mart kuni niderlandiyalik referi Serbiya — Portugaliya o‘yinida Krishtianuning 100 foizlik golini inobatga olmadi, hatto o‘sha Yevropada ham xatolar bor. Asosiysi, hakamlar mehnat qilishyapti. Ular avvalgi hakamlardan yaxshiroq va to‘g‘riroq ishlashyapti. Shunchaki, avvalgilarning insofni shu qadar yutib yuborishgani kasriga bugungilar javob berishyapti, ularga nisbatan muxlislarda toqatsizlik bor. Shunchaki, avvallari har bir o‘yin namoyish etilmasdi, bugun bizda translyasiya  bor va tabiiyki, savollar ham, e’tirozlar ham ko‘paygan - bu normal holat. Yaqinda ham VAR yo‘q edi, endi u bor va mavzu ham ko‘p bo‘lishi turgan gap. Ko‘zingizni kattaroq oching va VAR faqat bizda emas, butun dunyoda shunday mavzu ekanligini ko‘ring.

12 turga ikki muammoli o‘yin, ishoning - normal holat. Biz futbolni tashqaridan ko‘rayotgan davrlarda hakamlar qanday bo‘lganini, kameralar yo‘q vaqtda nimalar qilishganini eslang, katta yoshli akalarimiz, otalarimiz o‘sha o‘yinlarni juda yaxshi eslashadi. Shunday ishlaganlarning ayrimlari bugun nazoratchilik qilishadi, afsuski, u davrlarni qayta jonlantirishning imkoni yo‘q. Bugun esa har bir xato mavzu bo‘ladi, har biriga O‘FA munosabat beradi. PFL yoki futbol tepasiga umidli kimdir kelsa, hammasi birdaniga yaxshilanishini anglatmaydi-ku. Nohaqliklarga, adolatsizliklarga qarshi yillab kurashiladi, qattiq mehnat qilinadi. Bugun bizdan nimalar o‘tayotgani o‘zimizga ma’lum. O‘ta chuqurlikda emasmiz, shunchaki, hammasi yanada yaxshi bo‘lishini oldingi davrlardan ko‘ra ko‘proq talab qilyapmiz.

- Futbol uchrashuvlarini translyasiya qilayotganlarni tanqid qilish mumkin. Ammo savolni boshqacharoq qo‘yish taklifini bergan bo‘lardim. Men bilgan kamerachilar, rejissyorlar bir necha yillardan buyon faoliyat olib borishadi. Bir necha yillardan buyon yomg‘ir ostida yoki quyosh nurida mehnat qilishadi. Lekin ularning saviya va mahoratini oshirish uchun qanday ishlar amalga oshirildi? Ularga xorijiy telekanallar va translyasiyalarni o‘rganish, fikr almashish imkoniyati yaratildimi? Futbol uchrashuvlarini namoyish qilayotgan ko‘chma televizion stansiyalar qachon xarid qilingan, bugun biz qaysi texnika bilan ishlayapmiz va jahon nimani afzal bilyapti? Bitta uchrashuvda nechta kamera bilan ishlashga imkonimiz bor? Yaxshi va sifatli translyasiya juda katta mablag‘ talab qiladi. Bizda KTSlar soni sanoqli, kattaroq bayram yoki tadbir tashkil etilsa, futbol avtomatik ravishda uchinchi yoki to‘rtinchi darajaga tushadi va bu normal holat. Chunki texnikalar soni chegaralangan. Hozirgi sharoitda translyasiyalar ham, VAR ham haminqadar tizimda ishlayapti, hammadan ortda qolib ketmaslik harakatidamiz. Hammaga yetib olish yoki ulardan o‘tish uchun kamida Qatar sarflayotgan pulga ega bo‘lishimiz kerak. Kechirasiz-u, bunga tayyor emasmiz. Biz shu davrda tizimli muammolarimizni birgalikda tan olib, havaskorlar rejimiga tushishdan iymanmay, shu yo‘l orqali to‘g‘ri yo‘nalishga o‘tib olishimiz kerak.

- Mart oyidan buyon Coca-Cola Superligada 12ta tur uchrashuvlari va O‘zbekiston kubogida guruh bosqichi o‘yinlari ortda qoldi. Hozirgacha eng ko‘p rasmiy uchrashuv o‘tkazgan jamoa - AGMK: 19ta, xalqaro maydondagi 7ta o‘yinni qo‘shib hisoblaganda. «Paxtakor» va «Nasaf»da bu ko‘rsatkich 18tani tashkil qildi. Qolgan klublar 15tadan o‘yinda maydonga tushdi.

Mavsum yakunida bu ko‘rsatkich AGMK klubida 34-37ta, «Paxtakor»da 33-36ta, «Nasaf»da esa 34-40tani tashkil qilishi mumkin. Bunda Qarshi klubining O‘zbekiston kubogi va OFK kubogida qaysi bosqichgacha yetib borishi ahamiyat kasb etadi.

«Paxtakor» va AGMK OCHLda qo‘shimcha 6tadan o‘yin o‘tkazayotgan bir vaqtda o‘zimizning klublar uchun O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi orqali kamida yana 3tadan uchrashuvni kafolatladik. Ya’ni xalqaro maydonda ishtirok etmagan Superliga klubi mavsum davomida 29-33ta atrofida rasmiy o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Pandemiya tufayli Liga kubogi musobaqasini tashkil etish imkoni bo‘lmadi. Milliy terma jamoa sharafini himoya qiluvchi «Paxtakor», «Nasaf» yoki AGMK futbolchisi yil davomida taxminan 34-45ta rasmiy o‘yinda maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Yevropalik barqaror futbolchilarda esa bu ko‘rsatkich 40-60tani tashkil etadi. Albatta, Yevropa davlatlari masofa masalasida Osiyochalik qiyinchilikka ega emas. Ularda hattoki, transport tizimi ham juda yaxshi rivojlangan. Ammo bizda ichki imkoniyatlarimizdan kelib chiqib ham, sekin-asta futbolchi uchun jismoniy yuklamalarni oshirib borish imkoniyati mavjud.

- U-23 toifasidagi Osiyo chempionati 2022 yili O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Mezbon bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston terma jamoasi ham saralash bosqichida ishtirok etadi. 9 iyul kuni Toshkentda musobaqaning saralash bosqichiga qur’a tashlanadi va marosimni o‘zbekistonlik mutaxassislar olib borishadi. OFK yana bir mas’uliyatli ishni bizga ishonib topshirmoqda. Parij-2024 olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Temur Kapadze boshqaruvidagi jamoa nisbatan yoshroq bo‘lsa-da, mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilishi kutilmoqda. 2022 yilgi musobaqada Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynalmaydi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini 2024 yilgi musobaqaga qaratadi va 2022 yildagisi bu yo‘lda tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi kerak.

Manba: Диёр ИМОМХЎЖАЕВ
Kiritildi: 21:20, 08.07.2021.
O'qildi: 1402 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.