Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Aleksandr Xomyakov: «Samvel Babayanning qaytishi o‘zbek futbolining foydasiga ishlaydi»

Aleksandr Xomyakov: «Samvel Babayanning qaytishi o‘zbek futbolining foydasiga ishlaydi»

Baho:
+ | -

Superliganing 8-turi doirasida qoldirilgan "Nasaf" — "Mash’al" bahsidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Bizni nimalar kutib turganini yaxshi bilardik. Ma’lum bir vaqt davomida shunga tayyorlandik. Yigitlarga e’tiroz yo‘q. Ular o‘yin oldidan berilgan ko‘rsatmalarni keragidan ortiq bajarishga harakat qilishdi. Ha, o‘yinimiz o‘xshamadi. Yaxshiroq o‘ynashni, hujumda yanada xavfliroq bo‘lishni istagandik. Ushbu raqib bilan yaxshi o‘yin namoyish qildik, deb hisoblayman. Endi faqat oldinga intilish kerak.

— "Nasaf" bugun kutilganidan ko‘ra zaifroq o‘ynadi va markazni ko‘p bora ochib berdi. "Mash’al" esa bundan foydalana olmadi.
— Ha, omadimiz kelmadi. O‘yindan oldin qaysi zonalar ochiq bo‘lishini yaxshi bilardik. Hujumda unchalik yorqin o‘ynadik deya olmayman, raqibni biroz oyog‘idan tortib turdik. Ammo himoyadan hujumga o‘tishda anchagina qiynaldik. Vaziyatlardan foydalanishda esa bizga sovuqqonlik yetishmadi.

— Transferlar oynasi ochildi. "Mash’al"ning rejalari qanday?
— Bu borada o‘ylayapmiz. Jamoani kuchaytirish kerak. Ochkolar jamg‘ara olmayapmiz. Holatdan chiqib ketishni istaymiz.

— Samvel Babayanning qaytishi haqida gapirsangiz.
— Bu savol menga emas. Umuman olganda qaysi jamoada ishlashi kutilmoqda? "Navbahor". Fikrimcha, Samvel Babayan kuchli mutaxassis, uning qaytishi o‘zbek futbolining foydasiga ishlaydi. O‘zbek futboli uchun u katta inson, yuqori avtoritetga ega mutaxassis. Qayerga borsa ham tezda ishiga ko‘nikib ketadi.

— "Mash’al" davrani qizil zonada yakunlamoqda. Bu holatdan chiqib ketish uchun davralar oralig‘ida sizda qanday rejalar bor?
— Albatta bor. Balki biz o‘ylaganlarimizning barchasi ham amalga oshmas. Ligada jon saqlab qolish uchun kurashish ham oson emas. Aytyapmanku, xohishlar imkoniyatlarga teng kela olmasligi mumkin. O‘zimizning kuchimizga qarab jamoani kuchaytirishga harakat qilamiz.

— "Mash’al"da bir qancha vaqt o‘ynab, jamoadan ketgan futbolchilar o‘zini ko‘rsata oladi. Hozir esa ayrimlari jamoaga qaytdi. Xo‘sh, jamoa shu vaqt ichida nima yo‘qotdi?
— Bu haqida gapirish juda qiyin. Balki bu vaqt ichida e’tirozlar o‘zgargandir. Umuman olganda, bu vaqt ichida nafaqat futbol, balki, hayot ham o‘zgaradi. Fikrimcha, jamoaning tipi o‘zgardi, jamoaning jangovarligi yo‘qoldi. Oldinlari jamoa agressiv o‘yin ko‘rsatardi. Hozir esa akademik o‘ynamoqda. Professionallar ko‘paydi. Yutdi, yaxshi. Endi fikr navbatdagi o‘yin haqida o‘ylash kerak. Qachonki jangovar it o‘z hususiyatini yo‘qotsa, jangovar it hisoblanmaydi. Fikrim shunday.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 23:24, 09.07.2021.
O'qildi: 4799 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.