Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul 2-1 Atletiko
09/09 23:59 Napoli 0-1 Arsenal
09/09 23:59 Sporting 3-1 Galatasaroy
09/09 23:59 PSJ 6-1 Slovan
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche - Roma
10/09 21:45 PSV - Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Pro-liga» karvonboshiligi, oldindagi vazifa yoxud «Olimpik»ning yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi

«Pro-liga» karvonboshiligi, oldindagi vazifa yoxud «Olimpik»ning yarim yillik faoliyati sarhisob qilindi

Baho:
+ | -

Barchangizga ma’lumki, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, unga futbol yo‘nalishida ham lisenziya qo‘lga kiritish maqsadida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshida «Olimpik» futbol klubi tashkil etilgan. Klub aynan Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok eta oladigan yosh avlod vakillaridan tuzilgan bo‘lib, jamoani bo‘lajak Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze boshqarib kelmoqda.

O‘zbek futboli tarixida Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida ilk bor joriy etilgan mazkur amaliyot o‘z samarasini bermoqda. Pro-ligada ishtirok etayotgan jamoa hozirda 26 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilib turibdi. Bugun ushbu jamoaning birinchi yarim yillikdagi faoliyatiga bag‘ishlangan hisoboti bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, uning birinchi o‘rinbosari va O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, Qo‘mita raisi o‘rinbosari Saken Polatov, «Olimpik» rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida Timur Kapadze birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, jamoa faoliyati, mashg‘ulotlar tartibi va yaqin rejalar xususida gapirib o‘tdi.

“Futbolchilarimizga Superliganing bir qator klublaridan takliflar bor. Bu bizni xursand qiladi, albatta. Bu yigitlar futbol bo‘yicha O‘zbekiston MTJning ertasi. Oldimizda katta maqsad turibdi. Uni birgalikda uddalashimizga ishonamiz. Bu qo‘limizdan keladigan ish. Biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan hukumatimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirib o‘tmoqchiman. Futbolchilarimizga tartib-intizom va to‘g‘ri ovqatlanishdan tortib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘rgatib boryapmiz”, – dedi bosh murabbiy.

Shundan so‘ng jamoa shifokori va nutrisiologi o‘z yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar, yigitlarni o‘yindan o‘yinga tiklash jarayoni, vitaminizasiya va sohaga oid bir qator mavzularda hisobot berishdi.

Shundan so‘ng taniqli futbol arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi Axbor ota Imomxo‘jayevning O‘FA va futbolchilarimizga yo‘llagan murojaati o‘qib eshittirildi.

Tadbir davomida OAV vakillari jamoa mutasaddilariga o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha batafsil fikr almashildi.

Hozirda Pro-ligada yozgi ta’til vaqti. Jamoa mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorlanish uchun ertaga Belarusga yo‘l oladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:52, 09.07.2021.
O'qildi: 5205 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик