Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Buyuk Britaniya Bosh vaziri «Uch sher»larni g‘alabasidan umidvor

Buyuk Britaniya Bosh vaziri «Uch sher»larni g‘alabasidan umidvor

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Angliya terma jamoasining qit’a chempionatida ko‘rsatgan o‘yinlari yorqinligi bilan esda qolyapti. Bu uchun Soutgeyt katta ishlarni amalga oshirgani aniq. Bunda termaga futbolchilar tanlashda yondoshilgan to‘g‘ri munosabat ham muhim rol o‘ynagan. Boz ustiga,Evro 2020ning yarim final va final bahslari Londonda o‘tayotgani ham inglizlarga foydali bo‘lmoqda. Endilikda ular o‘z muxlislari qarshisida final uchun jang qilishlari kerak bo‘ladi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson so‘zlariga ko‘ra, Angliya finalda g‘alabaga erishsa, avgust oyida mamlakat bo‘ylab juda katta bayram paradi o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda nufuzli ingliz matbuoti bo‘lmish, «the Sun» rasmiylari xabar berishdi. Unga ko‘ra, butun xalq virus cheklovlaridan holi bo‘lgan milliy bayramga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Daniya bilan bo‘lgan yarim final bahsini minglab muxlislar bilan birga Boris Jonson ham stadiondan tomosha qilgani aytilgan. Angliya esa 55 yil ichida ilk bor finalda o‘ynaydi.

Boris Jonson ushbu hodisani mamlakatning 19 iyul kungi «Ozodlik Kuni» bilan birga nishonlashni xohlamoqda. Bu bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma mutlaq ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Dushanba kuni o‘tkazilajak bayram haqida 300 mingdan ortiq futbol muxlislari tomonidan petisiya ham imzolangan. Lord Rishi Sunak Angliya yutishini tahmin qilgan bo‘lsa ham, Daniya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin ayrim ingliz futbol muxlislari halitdan bayramni boshlab yuborgan. Ushbu tadbir bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar sir tutilgan bo‘lsa ham Londonda katta bayramga tayyorgarlik ko‘rilyotgani aniq ko‘rinib turibdi.

Bosh vazir o‘z nutqida: «O‘ylashimcha, g‘alaba futbol bo‘yicha saviyamizni dunyo bo‘ylab yana bir pog‘ona tepaga olib chiqadi», – dedi. Shuningdek, ushbu bayram tadbirini avgust oyiga qoldirish varianti ham mavjud. Negaki, Angliyada keyingi oydan ijtimoiy masofa hamda guruh bo‘lib to‘planib yurish bilan bog‘liq cheklovlar butunlay yechiladi. Bu bo‘yicha rasmiy dam olish kunlaridan tashqari, qo‘shimcha dam olish kuni butun mamlakat bo‘ylab e’lon qilinishi ko‘zda tutilgan. Italiyaga qarshi 8 million futbol ishqibozlaridan iborat «armiya» shakllantirilayotgani aytilmoqda. Ular barcha ommaviy maydonlarda yig‘ilishi kerak bo‘ladi. Hozirda Angliyda 32 milliondan ortiq ishchilar mavjud. Ular uchun 19 iyul, dushanba dam olish kuni e’lon qilinadi. Bu esa Yakshanba kungi dramatik final tunidan keyin ayni muddao bo‘ladi. Xuddi mana shu narsaga sha’ma qilgan Jonson finaldagi g‘alabadan qattiq umidlanayotganini bildirib o‘tdi.

Xullas, tumanli albion tomonda mana shunaqa gaplar. Futbol vatani g‘alabaga katta umid bog‘lagan. Umuman Italiya va Angliya — bu shunchaki klassik qarama-qarshilik. Ikki xil uslub, ikki falsafa, ikki o‘choq va ikki tomon! Har qaysi yurt o‘z vaqtida futbol cho‘qqisini zabt etgan. So‘nggi bir necha yilda o‘zida yulduzlarni aks ettirayotgan inglizlarga qarshi qayta «uyg‘onayotgan» italyanlar. O‘yin qiziq va murosasizlikda o‘tishiga shubha yo‘q. Besh yildan keyin yana bir yangi chempionni kashf etishga tayyor turing!

Jaloliddin Ismatov tayyorladi

Kiritildi: 18:53, 10.07.2021.
O'qildi: 2940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.