Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Forza, Azzurri!

Forza, Azzurri!

Baho:
+ | -1

Esimni tanibmanki, futbolga qiziqibmanki, biror marta xaraktersiz Italiyani ko‘rmaganman (balki ko‘rishni istamaganman). Skuadra Adzurra doim taslim bo‘lmas, kurashuvchan, xarakteri kuchli va jangovar jamoa bo‘lib gavdalanardi. U mag‘lubiyatga uchraganida ham o‘z qiyofasi, imzosi, mentaliteti o‘zgarmas, qat’iyat va sabot timsoli edi.

Hozir ham shunday. Kecha ham shunday bo‘ldi.

Men Meassa, Altobelli, Piola, Riva, Rossi kabi futbolchilarni amalda ko‘rmaganman. Posso, Valkaredji, Bearzot kabi buyuk murabbiylar davrida yashamaganman. Bu davrlarni faqat o‘qib, eshitib bilganman, xolos. Lek o‘sha o‘qiganlarimning barchasida Italiya beqiyos go‘zzalik, uslub, nazokat bilan birga yuqorida aytganim jangovarlik va xarizma bilan ta’riflanalar, bu sifatlar uyg‘unlashgan kam sonli ob’ektlardan biri edi.

Hozir ham shunday. Kecha ham shunday bo‘ldi.

1990 yildagi Jahon chempionati, 1992 yildagi Yevropa chempionatini ham ko‘rganman. Faqat unda kichkina bola edim va aksar voqealar yodimda qolmagan. 1994 yilgi mundialning juda ko‘p detallari, holatlari, o‘yinlari esimda. O‘shanda Badjo boshliq Moviy gvardiya finalgacha qanday yetib borganining o‘zi alohida kitob yozsa arzigulik voqealar edi. Arrigo Sakkining o‘sha Italiyasini sevmay iloj yo‘q edi va men sevganman.

Hozir ham shunday. Kecha ham shunday edi.

1997 yilgi Moskva izg‘irinida ham Italiya matonat ko‘rsatgandi. Palyukaning jarohati, Kannavaroning avtogoli va "Lujniki"dagi nodo‘stona kayfiyat Adzurrini sindira olmagandi. Javob o‘yinida Kaziragi yagona golni urib, Italiyani JCHga olib chiqqandi. O‘shanda ham Italiya metin iroda namoyish etgandi.

Hozir ham shunday. Kecha ham shunday bo‘ldi.

Darvozabonlar va himoyachilarga Italiya yolchigan. O‘zim bilganlarimdan Anchelotti, Verxovod, Bergomi, Barezi, Maldini, Nesta, Kannavaro, Pesotto, Bennarivo, Panuchchi, Ferrara, Dzambrotta, Kyellini, Bonuchchi, Barsali... Yodimdan chiqqanlari qancha.
Dino Dzoff qanday darvozabon edi? Valter Dzenganing o‘yinlarini ko‘rganmisiz? Djanluka Palyuka qanaqa edi? Franchesko Toldo? Anjelo Perussi? Luka Markedjani yodingizdami? Kristian Abbyatti-chi? Djanluidji Buffondan keyin kimga ishonish mumkin edi? Hozir boshqa Djanluidji bor - Donnarumma. Italiyada darvozabonlar alohida genetik fan.

Hozir ham shunday. Kecha ham shunday edi.

1994 yildagi finalda yuragim siqilgan. 2000 yilgi finalda alamdan ancha vaqt o‘zimga kelolmaganman. 2006 yilgi finalda Materassidan nafratlanib, Zidan uchun qayg‘ura turib, Italiya uchun xursand bo‘lganman. Xullas, doim Italiya menga olam-olam emosiyalar bergan. Bu - shundoq ham diqqinafas hayotimizdagi ayrim quvonchlardan biridir.

Hozir ham shunday. Kecha ham shunday bo‘ldi.

Forza, Azzurri!

 

Bobur Akmalov

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 16:19, 12.07.2021.
O'qildi: 3858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.