Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

“Navbahor”ning yangi legionerlari o‘zbek futboli haqida bilishadimi?

“Navbahor”ning yangi legionerlari o‘zbek futboli haqida bilishadimi?

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni paytda "Navbahor" ko‘rigida bir qator xorijlik futbolchilar, jumladan, serbiyalik himoyachi Boyan Siger va hujumchi Jelko Dimitrov, braziliyalik himoyachi Portela De Akvino Saulo hamda hujumchi Kosta Tenorio Gutiner (Guti), shuningdek, rossiyalik hujumchi Pavel Ignatovich ko‘rikdan o‘tishmoqda.

Xo‘sh, ular yurtimiz futboli va “Navbahor” borasida qanday ma’lumotga egalar? Klub rasmiy sayti uchun serbiyalik legionerlar va braziliyalik himoyachi Portela De Akvino Saulodan qisqacha intervyu oldik.

— Namanganga kelguncha, o‘zbek futboli borasida ma’lumotga egamidinglar?

Saulo: — O‘zbek futboli borasida unchalik ko‘p ma’lumotga ega emasman. Faqatgina “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari haqida eshitganman. Shuningdek, “Navbahor”ning ajoyib muxlislarga ega ekanligi, jamoa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritganligi, yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borishi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumotga ega bo‘ldim. Jamoa ko‘rigiga shu bois keldim.

Jelko Dimitrov: — O‘zbekistonda ko‘plab hamyurtlarimiz o‘ynayotganligi bois, o‘zbek futboli haqida oz bo‘lsada, tushuncham bor. Jumladan, “Paxtakor” va “Navbahor” jamoalari, hamyurtim Dragan Cheranning Superliga to‘purari bo‘lganligi, shuningdek, “Navbahor” O‘zbekistondagi eng ko‘p muxlisga ega jamoa, Namangan futbolsevarlar viloyati ekanligidan xabarim bor.

Aynan shuning uchun “Navbahor”da ko‘rikdan o‘tish uchun taklif bo‘lganida o‘ylanib o‘tirmay, ushbu taklifni qabul qildim.

Boyan Siger: — O‘zbekiston futboli haqida ma’lumotga egaman. “Navbahor”dan tashqari, “Bunyodkor” va “Paxtakor” singari jamoalar borligini bilaman. Shuningdek, “Navbahor”ning o‘z tarixi va nomiga ega jamoa, ko‘p marta mamlakat sovrindori bo‘lganligidan ham xabarim bor. Shuning uchun jamoa ko‘rigiga keldim.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:30, 17.07.2021.
O'qildi: 7343 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик