Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Rakurs: Jarohat jabrdiydasi

Rakurs: Jarohat jabrdiydasi

Baho:
+ | -

Yodingizda bo‘lsa, Yevro-2020 g‘olibiga aylangan Italiya termasi chorak finalda Belgiya jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. O‘sha uchrashuvda «skuadra adzurra»ning asosiy chap qanot himoyachisi Leonardo Spinassola jarohat olgandi.

*** Bunga qadar u deyarli barcha uchrashuvlarda (Uelsga qarshi bahsdan tashqari) boshlang‘ich tarkibdan joy olgandi.

*** Avstriya bilan o‘yinda samarali uzatmani amalga oshirdi.

*** Yevroda ikki marta uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo‘ldi.

*** Turnirdagi eng yaxshi driblingga ega himoyachilar beshligiga kirdi.

Spinassola Belgiya bilan o‘yinni oxirigacha yetkaza olmadi. 79-daqiqada maydonni ko‘zda yosh bilan tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rnini Emerson egalladi.

O‘yindan keyin g‘amgin holat vujudga keldi. Jurnalist Fabrisio Romano Spinassolaning uzoq muddatga safdan chiqqani haqida xabar berdi. Bu muddat bir yilgacha cho‘zilishi mumkin.

Spinassola deyarli 9 yildan buyon professional futbolda. So‘nggi besh yil mobaynida 15 marta turli shikastlanishlarni boshdan kechirib, o‘yinlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Shu besh yilning 400dan ko‘proq kunida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammoga yo‘liqqan. Faoliyatidagi so‘nggi besh yilning (eng gullagan davr) deyarli beshinchi qismida.

Mushaklardagi shikastlanish, son, tizza, boldir jarohati va boshqa muammolar. Endi ushbu statistikaga yana bir katta raqam bitiladi. Eng og‘ir jarohat uch yil avval kuzatilgandi. 2018 yilning martida Spinassolaning tizzasi lat yedi, keyin esa xochsimon to‘qimalarini operasiya qildirdi. 2018 yilning martida safdan chiqib, maydonga 2019 yilning yanvarida qaytdi. Davolanayotgan payti quvonchli voqeani boshdan kechirdi: 2018 yilning may oyida o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Spinassola «Yuventus»ga qaytganidan o‘zida yo‘q xursand edi va futbolga tezroq qaytishni niyat qilgandi. «Bunday jarohatlar sabr va to‘g‘ri tiklanish jarayonini talab etadi, - deydi u. - Agar jarayonni tezlashtirib, bir oy ertaroq qaytishga to‘g‘ri kelganda, ehtimol, bu yanada ko‘proq muammo tug‘dirarmidi».

Spinassola 2012 yildan buyon «Yuventus»ga tegishli, ammo so‘nggi 7 yilni ijara asosida boshqa klublarda o‘tkazdi. 2019 yilning iyulida qahramonimiz 29,5 million yevro evaziga «Roma»ga o‘tdi, lekin u yerda ham jarohatlar tinchlik bermadi - bir o‘nlab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi.

2020 yilning qishida u «Inter»ga o‘tishi mumkin edi, lekin tibbiy ko‘rikdan o‘tolmadi. Hattoki, Spinassolaning bir oyog‘i ikkinchisidan kaltaroq ekanligi ham aytilgandi. «Muvaffaqiyatsiz transfer menga motivasiya bag‘ishladi. O‘shandan buyon ko‘p narsani o‘zgartirdim. Stomatologni almashtirdim, har kuni mashq qilyapman, mushaklarimni chiniqtiryapman, ba’zan o‘yinlardan keyin ham charchoq nimaligini bilmayman», - degandi Spinassola. U «jarohatlarga moyil» yorlig‘idan qutulishni juda xohlardi: «22ta o‘yin o‘tkazib, termada to‘p surayotgan futbolchiga nisbatan bunday ibora ishlatilishini yoqlamayman».

Nega u stomatolog haqida gapirdi? Doktor Daniele Pussilli shunday hikoya qiladi: «Tish qisilishida kamchilik borligini aniqladik, bu esa qadni tekis tutishda muammolarni keltirib chiqarardi. Shu tariqa mushaklar jarohatlariga moyillikka sabab bo‘lgan». Spinassola tish qisilishidagi muammoni bartaraf etish uchun mashg‘ulotlar va uyqu payti maxsus treyner taqadi. Bu usul mushaklarini qayta tiklashda ham asqotdi.

Umuman, jarohatlar Spinassolani o‘smirlik davridan ta’qib etar, hatto faoliyatining yakunlanishiga sabab bo‘lishi ham mumkin edi. 14 yoshida «Siyena» safida shug‘ullanayotganda to‘pig‘i shikastlandi. Qahramonimiz akademiyadan uyga qaytishni xohladi. Biroq onasi kerakli paytda zarur tavsiyani bera oldi: «U yaxshilab o‘ylab ko‘rishim lozimligi, zero futbolchi bo‘lish uchun boshqa bunday imkoniyat tug‘ilmasligi mumkinligini ta’kidladi. Yaxshiyamki, o‘shanda uning so‘zlariga quloq tutgan ekanman».

Buni qarangki, Yevro arafasida ham turnirga borishi so‘roq ostida turgan, chunki bahorning so‘nggi ikki oyida Spinassola atigi to‘rtta o‘yin o‘tkazgandi. Lekin baribir, Yevroning o‘zida ham to‘rtta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi va ularning teng yarmida «eng yaxshi» maqomiga erishdi.

H.ATAVULLAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:08, 18.07.2021.
O'qildi: 3077 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.