Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Abramovich klubini Angliyada yana tengsiz qilmoqchi

Abramovich klubini Angliyada yana tengsiz qilmoqchi

Baho:
+1 | -

Kuni kecha Londonning «Chelsi» klubi mavsumoldi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi.

Unda Tomas Tuxel shogirdlari Chempionship vakili bo‘lgan «Peterboro Yunayted» klubini yirik, 6-1 hisobida mag‘lub etib, o‘zining g‘alabali yurishini boshlab berdi. Ushbu bahs may oyi so‘ngida o‘tkazilgan Chempionlar ligasi finalida «Manchester Siti»dan ustidan qozonilgan g‘alabadan keyingi ilk uchrashuv bo‘ldi. Bu «aristokratlar» uchun ancha past darajadagi uchrashuv bo‘lishiga qaramay, ayrim futbolchilar uchun Tuxelga o‘zini ko‘rsatishga yaxshi imkoniyat edi.

O‘yinda Hakim Ziyesh xet-trik qayd etdi. Shuningdek, Abraxam, Pulishich va Armando Broxaning gollari yirik g‘alabani ta’minladi. Bu shubhasiz bosh murabbiyga ma’qul keldi. Klub egasi Abramovich esa tarikibdagi o‘zgarishlarni ijobiy baholagan holda yanada kuchli o‘yinchilarni jalb qilmoqchi.

U yaqinda «Forbes» jurnaliga bergan itervyusida shunday deydi: «Hozirgi maqsadlarimiz 17 yil oldingi klubni sotib olgan vaqtdagiga qaraganda ancha yuksak. Maydonda va maydon tashqarisida nima qilgan bo‘lsak, hammasi muxlislar va klub ravnaqi uchun edi. O‘ylaymanki, erishilgan sovrinlarning o‘zi bizning yillar davomidagi mehnatimiz mahsuli qay darajada ekanligini ko‘rsatib beradi. Mening oliy maqsadim esa bundan buyog‘iga ham sovrinlar yutishda davom etish va kelajakka shonli tarix bilan yetib borish».

«Chelsi» egasi o‘sha Portu shahridagi finalda stadiondan kuzatgan edi. Tomas Tuxel bilan ham dastlab kubokni ko‘tarishda uchrashdi. Bu haqda g‘alabadan keyin Tuxel fikr bildirib o‘tdi: «Klub rahbari bilan ilk marta ana shunday ajoyib lahzada uchrashganimdan xursand bo‘ldim. Endi ortga yo‘l yo‘q. Tez orada u bilan keyingi rejalarimizni muhokama qilamiz. Men buni kutaman va Romanni o‘z potensialimizga ishontira olaman deb o‘ylayman. Chunki navbatdagi titulga harakat boshlashimiz lozim. Shuningdek, buni mamnuniyat bilan ta’kidlayman: g‘oyalarimga, futboldagi falsafaga, shuhratga erishishda raqiblardan qo‘rqmas klubning bir qismi ekanimdan faxrlanaman. Hozir kuchli jamoaning kuchli vakiliman va bundan baxtliman!»

Hozirda Abramovich va Tuxel orasidagi munosabatlar juda yaxshi. Klub egasi germaniyalikka istagan futbolchisini olib berishga tayyor ekanini bildirgan. Xoland transferi katta ehtimol bilan ijobiy yakunlanmasligi sababli uning o‘rniga Levandovskini olib kelish bo‘yicha harakatlar boshlangan. 32 yoshli polyakni klubi 2 yillik shartnomasi bor va nemis grandi yaxshi taklif uchun uni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Abramovich esa «Bavariya»ga hujumchi uchun 50 million yevro taklif etishi mumkin. Xullas, Tuxel yangi mavsumga Angliya chempionligiga da’vogar bo‘la oladigan jamoa bilan qaytish niyatida. Abramovich esa bunga yetarli darajada sarmoya kiritishga va’da bergan.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi

Kiritildi: 14:11, 18.07.2021.
O'qildi: 7569 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик