Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

O‘xshash voqealar

O‘xshash voqealar

Baho:
+ | -

1994 yilgi jahon chempionatida finalida Roberto Badjoning penaltilar seriyasidagi adashishi va JCH-2006 finalida Zidanning Materassi bilan janjallashib, o‘yinni erta tark etishi voqealarini bir-biriga o‘xshataveraman.

Badjo ham, Zidan ham o‘z terma jamoalarini o‘sha finallarga yelkalarida ko‘tarib olib chiqqanlar. Badjo Nigeriya, Bolgariya, Ispaniya kabi jamoalar darvozasiga pley-offda gol urib, u qadar kuchli tarkibda ega bo‘lmagan jamoani hal qiluvchi o‘yinga olib kelgan bo‘lsa, Zidanning chorak finalda Braziliyaga qarshi o‘yini bir futbolchining bir o‘yinda ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan eng mukammal o‘yini bo‘lgandi. Shartmidi, deyman, keyingi voqealar...

Axir o‘shanda Badjo penaltini urgan taqdirda ham, braziliyalik futbolchi hal qiluvchi zarbani ijro etar va baribir Braziliya chempion bo‘lardi-ku? Xo‘p, o‘sha Zidan o‘sha zormanda qizil kartochkani olmaganda ham, o‘sha o‘yin o‘zi nihoyasiga yetib borayotgan, o‘yin baribir durang bilan tugar va penaltilar seriyasida italiyaliklar yaxshiroq harakat qilishlari mumkin edi-ku? Aslida o‘sha turnirlarda eng asosiy ishni qilib, jamoani finalchiga aylantirgan bu buyuk futbolchilarning aybsiz aybdorga aylanib qolishlari futbol uchun zarurmidi?

Boshqa tarafdan qaraganda, ha, shu ishlar bo‘lishi kerak edi. Shart edi. Aynan mana shu xatolar tufayli, har doim, to‘xtamay, unutmay, Badjo va Zidanning o‘z terma jamoalarini finalgacha yetaklab borganliklarini aytyapmiz-ku, to‘g‘rimi? Agar Badjo o‘sha penaltini urganida, Zidan Materassiga kalla qo‘ymaganda, o‘sha o‘yinlar o‘z vaqtida tugar, o‘sha natijalar qayd etilar va balki, biz o‘sha finallarni eslaganda, Badjo va Zidan eslanmasdi, nima dedingiz?

Italiya AQSH da penaltilar seriyasida Braziliyaga yutqazgan. Germaniyadagi mundialda Italiyaning Fransiya ustidan qo‘li baland kelgan, tamom. Badjo urolmagandi, Zidan qizil kartochka olmagandi, degan gaplar qo‘shimcha qilinmasdi. Taqdirning hazilini qarangki, aynan o‘sha xatolar bu futbolchilarning o‘sha finallar haqida gap borganda, eslanadigan qilib qo‘ydi. O‘z-o‘zidan tarix ularning mana shu final yo‘lida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari va mehnatlarini muhrladi. Qoyil.

Qahramon Aslanov

Kiritildi: 00:41, 19.07.2021.
O'qildi: 2175 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.