Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Futzalchilarimiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Bangkokka jo‘nab ketdi

Futzalchilarimiz xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Bangkokka jo‘nab ketdi

Baho:
+ | -

Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi bugun tongda Tailand tomon yo‘l oldi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Bangkokda «Continental» xalqaro futzal musobaqasida ishtirok etadi. Futzalchilarimiz turnirning dastlabki bosqichida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o‘zaro kuch sinashadi.

Futzal terma jamoamiz Tailand safari oldidan 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazdi va xalqaro musobaqa uchun yakuniy tarkib aniqlab olindi. Murabbiylar shtabi mazkur turnirga 15 nafar futzalchini tarkibga jalb etdi.

Yig‘in davomida ispaniyalik Arkaitz Sisniyega va Karlos Korona jamoaning jismoniy tayyorgarligi va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash bo‘yicha faoliyat olib bordi.

Bugun tongda futzalchilarimiz Toshkent – Istanbul – Bangkok havo reysi orqali Tailand poytaxtiga yo‘l oldi. «Continental» turniri 25 iyul kuni start oladi. Birinchi turda terma jamoamizga Kosova vakillari raqiblik qiladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 09:46, 19.07.2021.
O'qildi: 1918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.