Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Viktor Jalilov: «Bugun yigitlar yaxshi o‘ynashdi»

Viktor Jalilov: «Bugun yigitlar yaxshi o‘ynashdi»

Baho:
+ | -

Namanganning “Navbahor” va Oshning “Alay” klublari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi (2:0) yakunlangach, har ikki jamoa bosh murabbiylarining fikrlari bilan qiziqdik. Mezbonlar ustozi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi quyidagicha fikr bildirdi.

"Yaxshi, jangovar bellashuv guvohiga aylandik. “Alay”ning o‘yini ham menga ma’qul bo‘ldi, futbolchilari maydonda munosib to‘p tepishdi. Ularga kelgusi uchrashuvlarda omad yor bo‘lsin.

Jamoamizga kelsak, so‘nggi to‘rt kun ichida katta yuklamalar bergandik, shogirdlarimning harakatlarida kamchiliklar kuzatilgani shu bilan bog‘liqdir, ehtimol. Bularning barini to‘g‘rilasa bo‘ladi, asosiysi, futbolchilarimizning yuklamalardan keyin maydonda qanday o‘yin ko‘rsatishlarini aniqlab oldik. Umuman olganda esa, bugun yigitlar yaxshi o‘ynashdi, o‘z navbatida, bir nechta qulay imkoniyatlardan foydalana bilishmadi. O‘yinchilarning holatini yana bir bor sinovdan o‘tkazdik, legionerlar ham, ayni payt jamoa ixtiyorida bo‘lib turgan, bizga yaxshi tanish boshqa futbolchilar ham o‘zlarini ko‘rsatishdi".

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:55, 19.07.2021.
O'qildi: 2472 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик