Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol - Port
14/10 15:00 Vissel Kobe - Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib - Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf - Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda

Legionerlarimiz: Birgina samarali harakat

Legionerlarimiz: Birgina samarali harakat

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik legioner futbolchilarning o‘tgan haftadagi o‘yinlariga nazar tashlaymiz.

Navbatdagi samarali uzatma.

BATE Belarus chempionati Oliy ligasi 16-turida «Slusk» bilan kuch sinashdi. Borisovliklar safarda o‘ynashlariga qaramay, tanaffusgacha raqib darvozasiga 4ta javobsiz gol urishdi. Ulardan biriga jamoa safidagi Shahboz Umarov hammualliflik qildi. Aniqroq aytsak, 41-daqiqada 4-golga assistent bo‘lgan ham­yurtimiz tanaffusda o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. Ikkinchi bo‘limda esa, BATE 3ta gol qo‘yib yubordi va ortga 4:3 hisobidagi g‘alaba bilan qayt­di. Yaqindagina «Energetik-BGU» safiga qo‘shilgan Bobur Abduxoliqov va Shahzod Ubaydullayev klubning Belarus chempionati 16-turi doirasidagi o‘yinida debyut qilishdi. Har ikki hamyurtimiz safarda «Smorgon»ga qarshi kechgan bahsda tanaffusga qadar maydonda harakatlanishdi. Natijaga kelsak, «talabalar» 84-daqiqada urilgan gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi - 2:2.

«Aktobe»ning ishlari yaxshi emas.

Igor Sergeevning klubi - «Aktobe» Qozog‘iston kubogi guruh bosqichi 2-turida ham mag‘lubiyatni tan oldi. Chempionatda ham ishlari yurishmayotgan jamoa bu safar «Astana» mehmoni bo‘lib, ortga ochkosiz qaytdi - 2:3. Avvalgi uchrashuvda penaltidan foydalanolmagan Sergeev 68-daqiqadagina maydonga tushdi.

Faqat «sariq».

«Baltika» Rossiya MFL (Birinchi divizion) 2-turida «Tom» mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida yengildi. Kaliningrad jamoasining yangi himoyachisi Vitaliy Denisov maydonda to‘liq 90 daqiqa harakatlanib, o‘yin oxirida sariq kartochka olish vositasida qaydnomaga kirdi.

Mamatxonov - Maldiv chempio­ni a’zosi.

Maldiv orollari chempionati ishtirokchisi «Super Yunayted» klubi darvozaboni Mirzohid Mamatxonov faoliyatini mamlakatning boshqa jamoasida davom ettiradi. Championat.asia saytida yozilishicha, u yaqinda mahalliy Premyer-liga chempioni - «Maziya» bilan shartnoma tuzdi. Bu klubni oldinda OFK kubogi guruh bosqichi o‘yinlari kutib turibdi.

Doston Tursunov jamoasi mag‘lub.

Xitoy Superligasi «A» guruhi 6-turidan o‘rin olgan «Guanjou Evergrand» - «Chunjin Lifan» o‘yini 3:1 hisobida yakunlandi. Uchrashuvda Doston Tursunov jamoasi hisobni ochgan bo‘lsada, keyinchalik kuchli raqibga bas kelolmadi. Hamyurtimiz maydonda to‘liq vaqt harakatlandi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:41, 21.07.2021.
O'qildi: 3992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик