Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘FA tomonidan futbol bo‘yicha vositachilar (agentlar) faoliyati tartibga solinadi

O‘FA tomonidan futbol bo‘yicha vositachilar (agentlar) faoliyati tartibga solinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida xalqaro talablardan kelib chiqib, futbol sport turi bo‘yicha vositachilar (agentlar)ning faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqishga va amaliyotga joriy etishga alohida urg‘u berilgan.

Shu munosabat bilan, FIFAning vositachilar bilan ishlash reglamenti asosida hamda futboli rivojlangan yetakchi Yevropa mamlakatlarining tajribasini o‘rgangan holda, O‘FA tomonidan “Futbol sport turi bo‘yicha vositachilar (agentlar) bilan ishlashga doir reglament” ishlab chiqilib, joriy yilning sentyabr oyidan amaliyotga joriy etish reja qilingan.

Ushbu reglamentni ishlab chiqishdan asosiy maqsad agentlik sohasini tubdan isloh qilishdan iborat. Hozirgi kunda agentlar orasida yosh futbolchilarning kelajagini o‘ylamay, ularning ishonchini suiste’mol qilgan holda, moddiy manfaat ko‘rayotgani ko‘p uchramoqda. Ana shunday holatlarga chek qo‘ygan holda, agentlar ishida shaffoflik va halollik, shuningdek, professional yondashuvni ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli futbolchilarning darajasi va mahorati oshishi hamda futbolimiz rivojiga hissa qo‘shishi agentlik faoliyatining ustuvor vazifasi bo‘lishi talab etiladi. Bu borada Yevropaning futboli rivojlangan mamlakatlar tajribasi ham o‘rganib chiqilyapti.

Hozirgi kunda O‘FA mutaxassislari tomonidan mazkur reglament loyihasini ishlab chiqish ishlari olib borilmoqda. Shu sababli, o‘zbek futboliga hamda mazkur sohaga befarq bo‘lmagan mutaxasislardan futbol agentlari yo‘nalishini tartibga solish borasida o‘z taklif hamda fikr-mulohazalarini joriy yilning 10 avgustiga qadar bildirish imkoniyati borligini ma’lum qilamiz.

Bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar O‘FA mas’ul mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, reglament loyihasini ishlab chiqishda inobatga olinadi.

O‘z takliflaringiz bo‘yicha 2021 yil 10 avgust soat 17.00 ga qadar O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga quyidagi manzil orqali murojaat qilishlaringiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 98/A uy

Telefon:
+99871 230 90 42
+99871 230 90 45

Faks:
+99871 230 90 51

El. pochta:
info@ufa.uz

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 08:00, 21.07.2021.
O'qildi: 2451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.