Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem 2-2 Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston - O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 16:00 Tailand - Eron
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

«Manchester Yunayted»da «ketmoni uchmagan» yulduzlar

«Manchester Yunayted»da «ketmoni uchmagan» yulduzlar

Baho:
+ | -

«Old Trafford»da mezbon jamoa libosida yorqin o‘yin ko‘rsatish har bir futbolchiga ham nasib qilavermaydi.

«Manchester Yunayted» Premyer ligada chempionliksiz o‘tgan sakkiz mavsumga qaramay, mamlakatda ham, chet elda ham eng mashhur va hurmatga sazovor bo‘lgan klublardan biri bo‘lib qolishi bejiz emas. Ehtimol, sayyoradagi barcha futbolchilarning 95 foizi bu yerda o‘ynashni orzu qilar. Shu sababli ham asosiy tarkibdagi futbolchilar aksariyati yer yuzinining turli nuqtalaridan jamoaga kelib qo‘shilgan.

Ushbu fikr, ayniqsa, Aleks Fergyusondan keyingi davrga mos keladi. Turli menejerlar «qizil iblislar»ni yuqori o‘rinlarga qaytarishga urinishgan, buning uchun bir qator o‘yinchilarni jalb qilingan, ammo ularning hammasi ham o‘zlarining eng yaxshi tomonlarini ko‘rsata olmagan.

Bugun biz «Old Trafford»da faoliyati yurishmagan, ammo «Manchester Yunayted»ni tark etganidan keyin yana muvaffaqiyat qozongan ba’zi yulduz futbolchilarni eslab o‘tamiz.

Diyego FORLAN

Urugvaylik hujumchi Diyego Forlan «Manchester Yunayted»ga 2002 yilning yanvarida «Independyente» jamoasidan deyarli 10 million funt evaziga o‘tgan edi. «Qizil iblislar»ning skautlariga futbolchining Argentina chempionatidagi o‘yinlari ma’qul kelgan va Aleks Fergyusonning falsafasiga mos futbolchi bo‘lib ko‘ringan. Biroq Forlan «Manchester Yunayted»ning asosiy tarkibida doimiy ravishda o‘ynay olmadi. Asosan zaxiradan maydonga tushirildi. Tabiiyki, undan talab qilingan o‘yinni namoyish qilolmadi.



Oradan ikki yarim yil o‘tgach, unga «Vilyarreal»dan taklif tushdi va «qizil iblislar» boshliqlari o‘ylab o‘tirmay uni qo‘yib yuborishdi. Keyinchalik «MYU» «kattalari» bu ishlaridan afsus qilgan bo‘lishlari ham ehtimoldan yiroq emas. «Sariq suvosti kemasi»da unga asosiy tarkibdan joy berishdi, shundan so‘ng u Ispaniyaning boshqa bir klubi «Atletiko»ga ko‘chib o‘tib, 2010 yilda Yevropa ligasida zafar quchdi.

Hozir Forlan 42 yoshda. U futbolchilik faoliyatini 2019 yil avgustida tugatib, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyning mahalliy «Atenas» klubida bosh murabbiylik qilmoqda.

Radamel FALKAO

Kolumbiyalik hujumchi Radamel Falkao 2014 yil kuzida qit’aning eng yaxshi to‘purarlaridan biri sifatida «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. «Qizil iblislar» uni «Monako»dan sotib olish sharti bilan ijaraga olishdi. Ammo, Manchesterda muvaffaqiyatli karyera qurish uchun Falkaoga doimiy jarohatlar va jismoniy holati yo‘l qo‘ymadi.



Natijada, U «Old Trafford»da bor-yo‘g‘i o‘n oyni o‘tkazdi va shu vaqt ichida barcha turnirlarda 29 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma bilan chegaralandi. Bu aniqki, Radameldan kutilgan natija emasdi. Shuning uchun 2015 yilning yozida u birinchi bo‘lib «Monako»ga qaytib keldi va tez orada «Chelsi»ga ijaraga berildi, ammo u yerda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Hozirda 35 yoshli Falkao Turkiyaning «Galatasaroy» jamoasida o‘ynamoqda, uning klub bilan shartnomasi keyingi yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Turkiya Superligasining oxirgi mavsumida 17 uchrashuvda Radamel 9 gol urishga erishdi. Istanbuldagilarning bu natijadan ko‘ngli to‘q. Ammo, umuman olganda, uni kichik jarohatlar hanuzgacha bezovta qilib kelmoqda.

Memfis DEPAY

Niderlandiyalik hujumchi Memfis Depay vatandoshi Lui van Galning xohishi bilan jamoaga taklif qilingandi. Depayni sotib olish Angliya klubiga 31 million funt sterlingga tushgan. Memfis «Old Trafford»da atigi bir yarim yilni o‘tkazdi.



Uning «Yunayted»dagi ko‘rsatkichlari shunchaki yomon emas, balki fojiali bo‘lgan. U 33 uchrashuvda atigi 2 ta gol kiritgan, bu uning avvalgi mavsumdagi natijasi bilan solishtirganda dahshatli ko‘rinish bo‘lib qolardi. PSVda o‘tkazgan mavsumida Niderlandiya chempionatidagi natijasi esa — 30 o‘yinda 22 gol. Oqibatda, transfer o‘zini oqlamagan, deb topilib, 2017 yilning yanvarida Depay «Lion»ga 14,5 million funt evaziga qo‘yib yuborildi.

Fransiyada Depay yana butun shon-shuhratini tiklab oldi, garchi niderlandiyalik debyut mavsumining bir qismini moslashishga sarflangan bo‘lsa ham. Keyinchalik hujumchi raqiblar darvozasini gollar bilan to‘ldirib tashladi. 178 uchrashuvda 76 gol va 55 golli uzatmani amalga oshirdi. Bu Depayga «Barselona» e’tiborini jalb qilish uchun yetarli bo‘ldi.

Memfis shu yilning yozida erkin agent sigatida «Barselona» bilan shartnoma imzoladi. Qizig‘i shundaki, futbolchini hamyurti Ronald Kuman klubga taklif qilgan. Ushbu hikoyaning qanday tugashini ko‘rish ancha qiziq bo‘ladi.

Anxel DI MARIYA

Anxel Di Mariya «Manchester Yunayted»ga 2014 yil yozida dunyo futboli yulduzlaridan biri sifatida ko‘chib o‘tdi. Ushbu holat uning transfer narxida ham o‘z aksini topdi. «Yunayted» Devid Bekxem yoki Krishtianu Ronaldu darajasidagi o‘yinchini olishga umid qilib «Real»ga 67,5 million funt to‘ladi.



Biroq, Di Mariya «Old Trafford»da yuqorida nomi qayd etilgan qahramonlar singari o‘ynay olmadi. U jamoada faqat bir mavsumni o‘tkazdi, «qizil iblislar»safida 32 uchrashuvda 4 gol va 12 golli uzatmani amalga oshirdi. Bu muxlislarga ham, klub rahbariyatiga ham yetarli emasdek tuyuldi. Di Mariyaning o‘zi ham Angliyaga moslasha olmadi. Natijada, 2015 yilning yozida «Manchester Yunayted» Anxelni "PSJ"ga 57 million funt sterling evaziga sotib yubordi.

Ajablanarlisi shundaki, Fransiyada Di Mariya tezda jamoaning yetakchilaridan biriga aylanib, yaxshi ko‘rsatkichlarni namoyish qildi. Endi argentinalik futbolchi "PSJ" bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda. U jamoa bilan 16 ta unvonni qo‘lga kiritgan va jami 264 uchrashuvda 88 gol va 110 golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan. Shunchaki, ajoyib!

Romelu LUKAKU

Belgiyalik taran hujumchi — Romelu Lukaku ancha vaqt «Manchester Yunayted»ning diqqat markazida bo‘lib kelgan, ammo «qizil iblislar» uni o‘z saflariga qo‘shib olishni uddalashmagan. Va nihoyat, 2017 yilning yozida Lukaku «Everton»dan 76 million funt sterlingga sotib olingan. Belgiyalik futbolchi ingliz futboli taxtiga qaytmoqchi bo‘lgan Joze Mourinyoning yangi jamoasi asosiy to‘purariga aylanishi kerak edi.



Afsuski, Lukakuning, shuningdek, butun «Manchester Yunayted»ning umidlari tez orada barbod bo‘ldi. Ikki mavsum davomida hujumchi kutilganidan ancha kam gol urdi. Bir mavsum avval «Everton» tarkibida Romelu 25 gol urgan bo‘lsa, «Yunayted» bilan ikki mavsumda 28 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Shu tariqa, 2019 yilning yozida Mourinyoning o‘rniga «qizil iblislar» murabbiyi bo‘lgan Sulsher uni «Inter»ga sotish bo‘yicha kelishuvga qarshi emas edi.

Italiyada Romelu avvalgi ishonchini tikladi va ketma-ket ikki mavsum davomida chempionatda kamida yigirma gol urib, «neradzurri»ning asosiy futbolchisiga aylandi. Uzoq vaqt kutilgan mamalakat chempionligida ham eng katta hissa qo‘shgan futbolchi. Hozir Lukaku 28 yoshda va uning transfer bozoridagi narxi 100 million funtga yaqinlashgan. Jamoa moliyaviy qiyin holatga qaramasdan uni sotib yuborish fikridan yiroq.

Xulosa

«Manchester Yunayted» shunday katta klubki, yuqoridagi kabi yulduzlarning karyerasini «sindirib» tashlagan. Ularning qatorini yana davom ettirish mumkin edi. Lekin sizu bizga tanishlari va hozirda faoliyatini davom ettirayotganlari haqidagina to‘xtalib o‘tdik.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:57, 22.07.2021.
O'qildi: 5142 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.