Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Navbahor» mashg‘ulotiga makedoniyalik legioner qo‘shildi

«Navbahor» mashg‘ulotiga makedoniyalik legioner qo‘shildi

Baho:
+ | -

“Navbahor” 2-davra bahslariga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda. Qurbon hayiti munosabati bilan bir kun dam olgan “lochinlar” 21 iyul kuni Toshkentga jo‘nab ketishdi va mashg‘ulotlarni poytaxtimizdagi  “To‘qimachi” stadionida o‘tkazishmoqda.

Jamoaning Toshkentdagi mashg‘ulotiga yangi legioner qo‘shildi. Bu asli shimoliy makedoniyalik, Bolgariya fuqaroligiga ega bo‘lgan yarim himoyachi Boyan Naydenov.

Boyan Naydenov – 1991 yil, 27 avgustda hozirgi Shimoliy Makedoniyada tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida Shimoliy Makedoniyaning “Gorizont” (Turnova, 2010-2015 yillar), “Rabotnichki” (SkopYE, 2015-2017 yillar), Misrning “Smuxa SK” (Iskandariya, 2017 yil), Eronning “Istiqlol” (Tehron, 2018 yil),  Albaniyaning “Lachi” (Lachi, 2018-2019 yillar) klublarida o‘ynagan. 2020 yildan buyon Shimoliy Makedoniyaning “Vardar” (SkopYE) jamoasida to‘p tepayotgandi.

Naydenov 2014 yili Shimoliy Makedoniya terma jamoasi tarkibida 4 ta o‘yin o‘tkazgan.

2017 yili “Rabotnichki” tarkibida Shimoliy Makedoniya chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ushbu jamoa safida o‘sha yili Yevropa Ligasida 4 bahs o‘tkazib,  3 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Navbahor"da jami 3 nafar legioner  - serbiyalik himoyachi Boyan Siger, braziliyalik hujumchi Kosta Tenorio Gutiner hamda Boyan Naydenov ko‘rikdan o‘tishmoqda.  

“Navbahor” tarkibida  hozir 3 nafar legioner – rossiyalik va tojikistonlik yarim himoyachilar Ivan Solovyov hamda Ehsoni Panshanbe, serbiyalik hujumchi Slavisha Stoyanovich joy olishgan.

Demak, “lochinlar” ko‘rigidagi 3 nafar xorijlik futbolchidan jamoa murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirgan ikki nafari bilan shartnoma imzolanadi.

“Navbahor” poytaxtimizda 25 iyulgacha mashg‘ulot o‘tkazishni rejalashtirgan.

Shu kuni “lochinlar” Termizning “Surxon” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, keyin Namanganga qaytishadi.    

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 11:10, 24.07.2021.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик