Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Ertaga O‘zbekiston futzal terma jamoasi «Continental» xalqaro turniridagi ishtirokini boshlaydi

Ertaga O‘zbekiston futzal terma jamoasi «Continental» xalqaro turniridagi ishtirokini boshlaydi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futzal terma jamoasi 25-30 iyul kunlari Tailandda tashkil etilayotgan «Continental» xalqaro turnirida qatnashadi.

Mazkur turnirda umumiy hisobda 8 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi va ulardan 5 ta jamoa 2021 yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan hisoblanadi. Ular O‘zbekiston, Tailand, Eron, Misr va Litva futzal terma jamoalari.

Musobaqaning A guruhida futzalchilarimiz Tailand, Kosova va Mozambik vakillariga qarshi kurash olib boradi. Eron, Misr, Tojikiston va Litva futzal terma jamoalari esa B guruhidan joy egallaydi.

Ertaga futzalchilarimiz ushbu musobaqadagi o‘z ishtiroklarini boshlaydi. Bangkok shahridagi «Show DC» markazida o‘tadigan dastlabki bahsda terma jamoamizga Kosova vakillari raqiblik qiladi. Mazkur uchrashuv yurtimiz vaqti bilan soat 13.00 da start oladi.

Kosova futzal terma jamoasi turnirga qadar Gollandiya bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan. Dastlabki bahsda durang natija qayd etilgan, ikkinchi o‘yinda esa kosovaliklar imkoniyatni boy bergan (0-0, 1-3). Tailand vakillari esa may oyida Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun iroqliklar bilan kurash olib borib, ikki bahsni ham o‘z foydasiga hal etgan (7-2, 4-0).

Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar 29 iyul kungi yarimfinal o‘yinlariga yo‘llanma oladilar. Final uchrashuvi 30 iyul kuni tashkil etiladi.

Kiritildi: 18:37, 24.07.2021.
O'qildi: 1718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик