Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Metallurg" Tojikiston klubini mag‘lub etdi

"Metallurg" Tojikiston klubini mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionati 13-turi doirasidagi "Qizilqum"  jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning "Metallurg" jamoasi kecha o‘z maydonida Tojikiston Respublikasining "Xo‘jand"  futbol klubi bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinning birinchi taymida jamoalar biroz ehtiyotkor futbol namoyish qilishdi. Mehmonlar asosan o‘z darvozasi dahlsizligini o‘ylashgan bo‘lishsa,  hujumkor futbol namoyish etayotgan bekobodliklarning oldingi chiziqda biroz o‘yini samara bermadi. Tanaffusdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi tarkibni deyarli to‘liq o‘zgartirdi. Faollikni yanada kuchaytirgan, bosimni oshirgan "Metallurg" jamoasi hujumlarni ikki marta golga aylantirdi.

Avvaliga chap qanotdan Stanislav Andreev oshirib bergan to‘pni "Metallurg"ning yangi o‘yinchisi Farrux Ibrohimov boshi bilan urib raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Oradan biroz vaqt o‘tgach mehmonlar o‘z jarima maydonlari ichida Shahzodbek Nurmatovga qarshi qoida buzishdi. Penaltini Stanislav Andreev bexato amalga oshirdi -  2:0. Bu hisob o‘yin oxirigacha o‘zgarmay qoldi.

Metallurg  - Xo‘jand- 2:0 (0:0).
Hakamlar:  A. Risqullayev,  S. Shoyusupov,  A. Usmonov.
Nazoratchi:  B. Tog‘ayev.
Gollar:  F. Ibrohimov,  S. Andreev.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 09:11, 25.07.2021.
O'qildi: 1948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик