Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Real» futbolchisi Shomurodov bilan jamoadosh bo‘lishi mumkin

«Real» futbolchisi Shomurodov bilan jamoadosh bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchi Luka Yovichni yana ijaraga bermoqchi. Bu haqida «Gazetta dello Sport» nashri xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, «Jenoa» va «Sampdoriya» futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, genuyaliklar Luka transferiga jiddiy qiziqmoqda. Ammo, hali rasmiy taklif bilan chiqmagan. Shuningdek, «Inter» 23 yoshli serbiyalikni ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda.

O‘tgan mavsumda Yovich Frankfurtning «Ayntraxt» jamoasida ijarada o‘ynagan. Ushbu bitimda Germaniya klubi futbolchini sotib olishi mumkinligi haqida band ham boredi. Ammo, «burgutlar» hujumchini sotib olish to‘g‘risida «qaymoqranglilar» bilan muzokara o‘tkazmadi.


O‘tgan mavsumda Yovich Germaniya Bundesligasining 18 uchrashuvida qatnashgan va 4ta gol urishni uddalagan.

 

Kiritildi: 22:29, 25.07.2021.
O'qildi: 13816 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик