Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo 2-0 Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

«Manchester Siti» klubining hujum chizig‘i haqida

«Manchester Siti» klubining hujum chizig‘i haqida

Baho:
+ | -

APLning so‘nggi mavsumini favorit sanalgan «Manchester Siti» klubi muvaffaqiyatli yakunladi. Bu narsa zamirida, shubhasiz murabbiy qo‘li va yetarlicha moliyaviy imkoniyatlarga ega qudrat yotadi. Ushbu o‘rinda yaxshi futbolchilar jamlanmasidan tashqari, murabbiyning o‘yin tuzilmasi ham katta rol o‘ynagan, albatta. Jamoa murabbiyi Pep Gvardiola har yangi mavsumda yangi «syurprizlar» tayyorlashdan charchamayapti.

Mavsum yaqinlashgani sayin Pep tarkibda yangilanishlar amalga oshirishga intilmoqda. Shulardan biri – bu Harri Keyn transferi. «Tottenhem» klubi hujumchisi narxini baland baholayotgan bo‘lsa ham, uni sotib olish rejasi hamon «Manchester Siti» mutasaddilarining kun tartibida turibdi. Kamida 100 million funt to‘lanishi kerak bo‘lgan hujumchi, o‘zining xohishiga ko‘ra, titullar qo‘lga kiritish osonroq bo‘lgan klub qidirmoqda va «Man. Siti» u uchun ayni muddao bo‘ladi.

Xuddi shu fikrlarni «Aston Villa» sardori Jek Grilish uchun ham ishlatish mumkin. Grilish kelayotgan mavsumda yangi klub uchun o‘ynashga tayyor va bu borada «shaharliklar» bilan og‘zaki ravishda kelishib olgan. Bu ikki ingliz futbolchisi klubga taxminan 300 million funt-sterling evaziga kelishi mumkin. Bunday miqdordagi mablag‘ga o‘rtacha darajadagi futbolchilardan qariyb 10 ta sotib olsa bo‘ladi. Arab shayhlari tomonidan moliyalashtiriladigan klub esa, bor-yo‘g‘i ikkita ingliz futbolchisini shunday narxga olib kelmoqchi. Boz ustiga, birining yoshi 30ga yaqinlashib qolgan.

Agar amalda ham bu ish sodir bo‘lsa, klub bosh murabbiyi Gvardiolada hujum chizig‘i borasida ayrim muammolar tug‘ilishi mumkin. Bu – futbolchilarni qanday joylashtirish muammosi. Albatta, biz bu yerda hozirni o‘zida ham «Siti»ning hujum chizig‘ida iste’dodli ijrochilar borligini inkor eta olmaymiz. Riyad Mahrez hamda Ferran Torres shunday futbolchilar sirasiga kiradi. Jamoa ikki hujumkor futbolchi bilan to‘ldirilgach, Gvardiola oldida bir necha variantlar paydo bo‘ladi. Masalan, Sterling chapda, Keyn doimiy hujum markazida Grilish esa uning ortida harakat qilishi mumkin. Chap qanotni jazoirlik Mahrez egallaydi. Agar Fill Foden ham bu tarkibga qo‘shsak, u noodatiy bo‘lgan yarimhimoya chizg‘ining quyiroq qismiga joylashishga majbur bo‘ladi.

Biz bu kabi tizimni Yevro-2020da Soutgeyt tomonidan Angliyaning Chexiya bilan bo‘lgan bahsida qo‘llanilganiga guvoh bo‘lgandik. Faqat u bahsda Foden o‘rnida Bukayo Saka harakat qilgan edi. Qolaversa, o‘sha turnir Sterlingning yangi qirralarini ochib berdi. U chap qanot hujumida o‘ynashiga qaramay, o‘ngda ham o‘z ishini birdek bajara olishini ko‘rsatdi. Jek Grilish esa o‘ziga qulay bo‘lgan chapdan hujumlar tashkil qilishga yordam bergan. Shuningdek, Fill Foden maydon markazida to‘pni yetkazib berish bo‘yicha yaxshi ijodkor bo‘la olishini isbotladi.

Xullas, Pepning omadi bor ekan. Negaki, tez orada uning qo‘lida har qachongidan kuchliroq va universalroq bo‘lgan futbolchilar yig‘ilishi mumkin. Ularni qay tarzda tanlanishi murabbiydan katta o‘ylov talab etadi. Gvardiola buni eplashiga esa shubha yo‘q. Agar kelgusida yuqorida aytilgan Keyn, Sterling, Foden hamda Grilish kvarteti ishlab ketsa, «shaharliklar» APL, xatto YCHLda ham chempionlikni nishonlashi mumkin. Yana kim biladi deysiz...

Jaloliddin ISMATOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:25, 26.07.2021.
O'qildi: 3347 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.