Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Olimpiadadan so‘ng yulduzga aylanishi kutilayotgan futbolchilar

Olimpiadadan so‘ng yulduzga aylanishi kutilayotgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Olimpiya o‘yinlari boshlandi va Yaponiya dunyoning barcha eng yaxshi sportchilari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Mazkur Olimpiada an’anaviy sport ixlosmandlarini uchun ham, futbol ishqibozlari uchun ham birdek quvontirishi aniq. Hatto chempionatda Ronaldu, Neymar yoki Messi kabi yulduzlar bo‘lmasa ham, boshqa ko‘plab iqtidorli futbolchilar bizni o‘z o‘yinlari bilan xursad qilishi mumkin. Hozir esa biz sizlarga Tokio-2020 musobaqasida to‘p tepayotgan 10 nafar iqtidorli futbolchilar haqida ma’lumot bermoqchimiz. Mazkur charm to‘p ustalarini olimpiadan keyin yulduzlik darajasiga ko‘tarilishini taxmin qilishgan.

Fakundo Medina, 22 yosh, Argentina

Frasiyaning «Lans» klubi himoyachisi Fakundo Medinaning o‘yini tez sur’atlarda rivojlanmoqda. O‘tgan yili franssuz klubi uni «Talyeres» jamoasidan sotib oldi. Oldin uni hech kim tanimas edi, biroq Liga 1 musobaqasidagi o‘yinlaridan keyin Medina ancha tanilib qoldi.
Mazkur futbolchi juda ham kuchli himoyachi emas, lekin uning texnikasi va to‘p bilan juda yaxshi ishlashini aytib o‘tish kerak. Fakundo «Lans»da 56 ta muvaffaqiyatli uzatmasi bilan jamoadagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib turibdi.

Brayan Xil, 20 yosh, Ispaniya

Ispaniya termasi mazkur musobaqadagi eng taniqli jamoa va u yerdagi olti nafar futbolchi allaqachon Yevro-2020da o‘ynagan. Ammo ular orasidagi Brayan Xilni aytib o‘tmaslikni iloji yo‘q. «Cevilya» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Brayan o‘tgan mavsumda «Eybar» tarkibida ko‘rsatgan o‘yinlari bilan ancha tanilib qoldi va Olimpiya terma jamoasiga chaqiruv olgan. Kuni kecha, Xil Londonning «Tottenxem» klubi futbolchisiga aylandi. Demak, yangi mavsumdan e’tiboran futbolchiga bo‘lagn e’tibor yanada ortadi.

Diyego Laines, 21 yosh, Meksika

Diyego Laines uzoq vaqtdan beri yulduz futbolchi bo‘lishi haqida aytilib kelinadi. Meksikaning «Amerika» klubida ko‘rsatgan o‘yinlari orqali to‘rt yil oldin o‘zini futbol olamiga namoyish etgandi. Ammo, Ispaniyaning «Betis» klubida uning o‘yinida biroz pasayish kuzatildi. Biroq, shunday bo‘lsada Diyego Olimpiadadagi yosh va iste’dodli futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

Teji SavanYE, 29 yosh, Fransiya

Teji Savanye bu ro‘yxatgi yoshi katta futbolchilardan biri bo‘lishi mumkin. Ammo, bitta narsa aniq: uning motivasiyasi shubhasiz yuqori. Teji hech qachon Jahon chempionatiga chiqa olmasligi mumkin. Sababi, yoshi 29da va Fransiya terma jamoasida juda kuchli raqobat bor. Shuning uchun ham Olimpiada kubogi Savanye uchun asosiy umid bo‘lib qolmoqda.

Tiago Almada, 20 yosh, Argentina

Argentinada ko‘plab iqtidorli futbolchilar bor. Tiago Almada esa ular orasidagi eng yaxshilaridan biri.
Hujumkor yarim himoyachi Almada texnikasi kuchli, tezkor va ijodkor futbolchi. Futbolchi hali juda yosh bo‘lsa-da, Amerika Kubogida har bir o‘yin uchun yaratilgan imkoniyatlar soni bo‘yicha eng yaxshisi edi. Bundan tashqari, Tiago nufuzli turnirda ikkita gol urgan.

Klaudinyo, 24 yosh, Braziliya

Klaudinyoga uzoq vaqtdan beri Yevropa top klublaridan biriga o‘tishi aytilayotgan edi, ammo haliga ushbu transfer amalga oshganicha yo‘q. Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Olimpiadadan keyin Bundesligaga o‘tishi mumkin. Katta ehtimol bilan u «Leypsig» klubiga o‘tadi. 2020 yilgi mavsumda hujumchi Braziliya chempionatida 18 ta gol urgan. Qolaversa, maydon tashqarisidan gol kiritish bo‘yicha ham eng yaxshilaridan biri bo‘ldi. Klaudinyo boshqalarga qaraganda 25 ta ko‘proq imkoniyat yaratdi va yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Natanael Mbyukyu, 19 yosh, Fransiya

Vinger Natanael Mbyukyu ushbu musobaqadagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. U «Reyms» klubi a’zosi hisoblanadi. Hozirda mazkur klub futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.

2020-21 yilgi mavsumda Natanael Mbyukyu 28 marta maydonga tushib, Kamavinga bilan tenglashdi (2002 yildan keyin tug‘ilgan futbolchilar orasida eng yaxshisi). Uning kuchli tomoni - tezligi va texnikasi. Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha, Liga 1 musobaqasining faqat 10 nafar futbolchisi orasidan joy olgan.

Feliks Uduoxay, 23 yosh, Germaniya

«Volfsburg» Uduoxayni «Myunxen 1960» klubidan sotib olib, futbolchidan ko‘p narsa kutgan edi. Ammo bu natija bermadi: uning ko‘rsatayotgan natijalari kamtar edi va tez orada «bo‘rilar» Fkliksni «Augsburg»ga ijaraga berib yubordi. Keyin esa klub uni butunlay sotib oldi. Birinchi marta futbolchi noyabr oyida terma jamoaga chaqirildi va jamoada ajoyib o‘yin namoyish etdi. Hozirda himoyachiga xaridorlar talaygina - masalan,ֿ «Borussiya D». Uduoxay chindan ham kuchli futbolchi: U ikkinchi qavatdagi 102 ta kurashda g‘olib chiqqan. Mazkur ko‘rsatkich Bundesligadagi to‘rtinchi eng yaxshi natijadir.

Brenno, 22 yosh, Braziliya

Ko‘p yillar davomida darvozabon pozisiyasi Braziliyada eng muammoli bo‘lib qolgandi. Mazkur seriyaga Alisson va Ederson ajoyib o‘yinlari bilan yakun yasadi.
2021 yildagi Braziliya chempionatida Brenno «Gremio» tarkibida seyvlar soni bo‘yicha to‘rtinchi pog‘onani egallaydi va hozirda Portugaliyaning ko‘plab klublari unga qiziqish bildirishmoqda. Ammo, Braziliya klubi mazkur transferni Olimpiadadan keyin amalga oshirmoqchi. Sababi, agar darvozabon Tokio-2020da ajoyib o‘yin ko‘rsatsa, uning transfer skmmasi yanada oshishi mumkin.

Amad Diallo, 19 yosh, Kot-d'Ivuar

«Manchester Yunayted» muxlislari Amad Diallo Olimpiadada o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etadi deb umid qilmoqda, chunki Amad «qizil iblislar» tarkibida juda kam uchrashuvlarda maydonga tushadi va mazkur chempionat o‘zini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat. Dialloning texnikasi juda kuchli va salohiyati ulkan ekanligini bilamiz.
APLning yangi mavsumida Sulsher ivuarlik futbolchiga ishonch bildirishini aytib o‘tgan va uning ishonchini oqlash uchun ham Amad or kuchi bilan Tokio-2020da o‘ynashi kerak.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

 

Kiritildi: 13:34, 27.07.2021.
O'qildi: 4234 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.