Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

"Barselona" 2021-2022 yilgi mavsumda qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

"Barselona" 2021-2022 yilgi mavsumda qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Baho:
+-1 | -

"Barselona" klubi yozgi transferlar oynasida bir qator futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Katta ehtimol yangi mavsumda tarkibda anchagina o‘zgarishlar bo‘ladi. Keling, yangi mavsumdagi "Barselona" qanday ko‘rinishda bo‘lishini faraz qilib ko‘ramiz.

Yangi transferlar

"Ko‘k-anorranglilar" bir oycha avval "Manchester Siti" klubidan Erik Garsiyani 0 qiymatida o‘z safiga qo‘shib oldi. Garsiya erkin agent sifatida Kataloniyaga keldi. Yosh, shijoatli markaziy himoyachi, biroq uning asosiy tarkibdan o‘rin olishi aniq emas. Langle ishonchli o‘yin ko‘rsatmayapti, biroq baribir unda tajriba bor. Shuningdek, Arauxo va Mingesa borligini ham unutmaslik kerak. Depay va Aguero ham erkin agent sifatida Kataloniya klubiga kelib qo‘shildi. Biri Messi bilan to‘p tepish orzusida va yana biri top klublarda yana bir bor o‘z omadini sinab ko‘rish maqsadida. Yaxshi tomoni ikkala futbolchi ham ish haqini qisqartirish shartiga rozi bo‘ldi. Buni yodda tutgan holda, «Barselona» yaxshi shartnomalar tuzdi desak adashmagan bo‘lamiz. Bundan tashqari, klub Emersonni «Betis»dan 9 million yevroga sotib oldi, u asosiy bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bilish qiyin. Chunki, Dest o‘ng qanot himoyasida ustuvor ahamiyat kasb etadi.

Yarim himoyachilar

«Barselona»da yarim himoyada ko‘plab futbolchilar bor. Sardor Buskets va Pyanich (nega ikkinchisini olishganini hali ham tushunmayapman) va yosh Puch, De Yong, Moriba va Pedri. Ko‘pchilik yangi mavsumda Pedriga qattiq ishonmoqda, u o‘zini ham "Barsa"da, ham terma jamoada ajoyib tarzda namoyish qildi. U Ispaniya olimpiya terma jamoasi bilan o‘yinlarini davom ettirmoqda. Shuningdek, klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Koutinyo ham bor. Maydon markazi o‘zgarmay qoladi deb o‘ylayman: Buskets, De Yong va Pedri. Buskets va Pedri Yevroda yaxshi o‘ynashdi, Frenki esa «Barselona»da tobora yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Puch ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.

Jamoadan ketganlar

"Barselona"ga 4 futbolchi kelishidan tashqari, bir qator futbolchilar ham klubni tark etdi. Junior Firpo "Lids" klubiga o‘tdi va chap qanotda yagona nominal himoyachi Alba bo‘lib turibdi. Shuningdek, Trinkau bir mavsumga "Vulverxempton" klubiga yo‘l oldi. Buni kataloniyaliklar uchun kichik yo‘qotish desak ham bo‘ladi. Bundan tashqari Alenya "Xetafe"ga, Todibo esa "Nissa" klubiga yo‘l oldi. "Ko‘k-anorranglilar" tarkibida atigi 1 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan Mateus Fernandes ham Kataloniya klubini tark etdi. Ketgan futbolchilar orasida ko‘p maosh oladiganlar yo‘q va ularning aksarining klubdagi o‘rni sezilmas edi. Shunday ekan, hali kataloniyaliklar katta yo‘qotishlarga duch kelganicha yo‘q. 

Klub inqirozi

Ayni damda «Barselona» ehtimol Yevropadagi eng inqirozli jamoalardan biri hisoblanadi. Klubning katta qarzlari, yangi kelganlarni klubda ro‘yxatdan o‘tkazish, Messi bilan shartnoma imzolash kabi muammolar klub oldida turibdi. Bundan tashqari, Bartomeu qilgan hamma narsadan qutulish kerak, ya’ni Bartomeu bir necha o‘n millionlab oylik bergan futbolchilarni sotish lozim. Misol uchun, Umtiti maydonga deyarli tushirilmaydi, lekin yiliga 16 millionga yaqin maosh oladi. Klub Umtiti, Pyanich va Grizmanni sotib yubormoqchi, ammo hozircha natija yo‘q. Futbolchilar maoshini pasaytirishni istamaydilar. Albatta, neytral inson sifatida "Barselona"ga tezroq qarzlaridan qutulishni va Bartameuning xato qarorlari asoratlaridan tezroq xalos bo‘lishini tilab qolamiz.

Yaqin vaqtlar ichida Messining klub bilan shartnomasini uzaytirishini, klubga yangi kelib qo‘shilganlarning ro‘yxatdan o‘tishini va Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli o‘yinlar ko‘pchilik tomonidan kutilmoqda. Katta ehtimol sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ijobiy taraflama o‘z effektini ko‘rsatmay qolmaydi.

Keling, "ko‘k-anorranglilar"ning yangi mavsum uchun taxminiy asosiy tarkibi bilan tanishib chiqamiz.

 

 

 

 

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 17:22, 27.07.2021.
O'qildi: 12283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.