22 yoshli himoyachi Samuel Ope «Lokomotiv» bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "temiryo‘lchilar" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Mavsumning birinchi yarmini «Oq-tepa» tarkibida o‘tkazgan futbolchi ikkinchi davrada "Loko" sharafini himoya qiladi. Ope 22-raqamli libosda o‘ynaydi.