Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo 5-0 Piza
22/03 17:00 Nyukasl 1-2 Sanderlend
22/03 18:00 Barselona 1-0 Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta 1-0 Verona
22/03 19:00 Bolonya 0-2 Lasio
22/03 19:15 Aston Villa 2-0 Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem 0-3 Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta 3-4 Alaves
22/03 22:00 Roma 1-0 Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao 2-1 Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Tokio-2020. Dzyudo. Boksda hakamlar muammosi: Mirzaxalilov musobaqani tark etdi

Tokio-2020. Dzyudo. Boksda hakamlar muammosi: Mirzaxalilov musobaqani tark etdi

Baho:
+ | -

Yozgi olimpiadaning boks musobaqasida hakamlar bilan muammoga o‘zbekistonlik Mirazizbek Mirzaxalilov duch keldi.

52 kg. vaznda Tokio-2020 olimpiadasiga tashrif buyurgan hamyurtimiz o‘zining ilk jangini irlandiyalik Kurt Antoni Uokerga qarshi o‘tkazdi.

Raqib ilk raunddanoq ringga bo‘ylab qochish va qarshi hujumda yengil zarbalar berish bilan band bo‘ldi. Mirazizbek esa e’tiborni kuchli zarbalarga qaratgani bois, muntazam ravishda qochayotgan raqibni quvishga majbur bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda Uoker zarbalar soni bo‘yicha ustunlik qildi va hakamlarning baholari bo‘yicha 4:1 hisobida oldinga o‘tib oldi.

Ikkinchi va uchinchi raundlarda esa Mirzaxalilov zarbalar soni va sifati bo‘yicha ustunlikka erishdi. U raqibini bir necha marta qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ammo hakamlar ustunlikni Uokerga taqdim etishdi. Yakuniy natija — 1:4 (30:27, 28:29, 28:29, 28:29, 28:29).

Shu tariqa, yetti nafar erkak bokschimizdan ikki nafar Tokio olimpiadasini tark etishdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:12, 28.07.2021.
O'qildi: 13452 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик