Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kuchli beshlikdan tashqarida. Dunyodagi eng ko‘p muxlisga ega klublar

Kuchli beshlikdan tashqarida. Dunyodagi eng ko‘p muxlisga ega klublar

Baho:
+ | -

1. «Sporting CP»

Portugaliya chempionatida uzoq yillardan buyon kuchli uchlik shakllangan. Bu jamoalar doimo Yevropa sahnida o‘z sha’ni uchun kurash olib borishadi. Portugaliyada uchinchi jamoa sifatida e’tirof etiluvchi «Sporting» klubi har doim raqobatdosh bo‘lgan. «Benfika» va «Portu» bilan kurashdan charchamaydigan jamoa dunyo futboliga Krishtianu Ronaldu kabi dahoni yetkazib berdi. Aynan shu jihatlar klubning mamlakat va dunyo bo‘ylab muxlislari ko‘pligiga asos bo‘lgan.

2.«Fenerbahche»

Istanbul shahrida asos solingan turk granti nafaqat Turkiyada balki Yevropada ham o‘ziga yarasha mavqega ega klublardan biridir. 28 marotaba Turkiya chempionligiga erishgan jamoaning Yevromaydonda ham chuqur ildizlari mavjud. Xususan, «Fenerbahche» 2008 yilgi YCHLning chorak finaligacha yetib kelgan edi. Keyinchalik, Yevropa ligasida 2013 yilgi yarim finalchiga aylangan. Shunday natijalari uchun ushbu klubning turk auditoriyasidan tashqari, dunyo bo‘ylab ham muxlislari salmoqli.

3. «PSV»

Niderlaniyaning mashhur klublaridan biri va shubhasiz shonli tarixga ega bo‘lgan «PSV» doimo o‘z o‘yin uslubiga ega bo‘lgan. 24 marta Erdiviziya g‘olibligi, ikki marta Yevropa chempionligini nishonlashga muyassar bo‘lgan klub, dunyo futboliga ko‘plab nomlarni yetkazib bergan. Ruud van Nisterloy, Ronaldo hamda Ruud Gullit kabi mashhurlar dastlab, aynan «PSV»da porlashgan edi. Aynan shu sabab muxlislar hali hamon ushbu klub nomini hurmat bilan tilga oladi.

4. «Portu»

Portugaliyaning ikkinchi jamoasi bo‘lgan «Portu» uzoq tarixiy davr mobaynida o‘z qadriyatiga ega klub sifatida e’tirof etilgan. Ushbu jamoa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi hamda Yevropa super kubogini qo‘lga kiritgan kam sonli klublardan biridir. 2003-2004 yillardagi klub muvaffaqiyatiga Joze Mourinyo bilan erishgandi. Bunday zafarli onlarga ega klubning muxlislari dunyo bo‘ylab to‘lib yotibdi.

5. «Reynjers»

Shotlandiya xalqining g‘ururiga aylangan jamoa afsonaviy tarixga ega. Klub 55 marta mamlakat chempioni, 33 marta kubok sohibiga aylangan. «Reynjers» 1961 yilda ilk marta UEFA musobaqasining finaliga chiqqan Buyuk Britaniya klubi edi. Hozirda Stiven Jerarrd qo‘l ostida yuksalishga harakat qilayotgan klub, amaldagi mamlakat chempioniga aylanishdi.

6. «Galatasaroy»

Turkiya chempionatining yana bir mashhur vakili bo‘lgan Istanbul klubi, doimiy yuqori darajada turuvchi jamoalar sirasiga kiradi. Yaqin o‘tmishda moliyaviy muammolarga duch kelgan «Galatasaray» hozirda grant klub sifatida barchaning hayolida gavdalanadi. Chunki klub 2000 yilda UEFA kubogi hamda Superkubokni qo‘lga kiritgan yagona turk jamoasidir. Shuningdek, 22 karra mamlakat chempionligiga erishgan klubning dovrug‘ini allaqachon butun dunyo biladi.

7. «Seltik»

Shotlandiya Premiyer ligasining shonli klublaridan yana biri bu «Seltik»dir. Doimo «Reynjers» bilan raqobatda bo‘lgan klub, allaqachon mamlakatning yuziga aylangan. Ular 1967 yilda Yevropa kubogini qo‘lga kiritganidan keyin butun qit’ada ko‘p sonli muxlislarga ega bo‘lgan. Qolaversa, ular Birlashgan Qirollikda Yevrokuboklarda yigirmanchi asrda eng ko‘p ishtirok etgan jamoalardan biri sanaladi.

8. «Boka Xuniors»

Argentinaning dunyoga eng mashhur futbol targ‘ibotchisiga aylangan klubning tarixiy yo‘li juda ham murakkab. Shu bilan birga shonli hamdir. Bu jamoada natijalardan ko‘ra, hissiyotlar ustun turadi deyishadi. Lekin ularda har ikkisi ham bor. «Boka Xuniors» qit’adagi eng ko‘p xalqaro sovrinlarga ega chiqqan. 70 marotaba Argentina chempionligiga erishgan jamoaning dunyodagi muxlislari soni borgan sari oshib bormoqda.

9. «Benfika»

Portugaliya chempionatining eng kuchli jamoasi hisoblangan klubda o‘ziga hos rekordlar mavjud. Ular 1960 yillarda futbol olamida yetakchiga aylangan edi. Klub shu paytgacha Yevrokuboklarda 10 marta finalga chiqqan. Milliy chempionatda esa 37 marta zafar quchgan. Mana shunday aql bovar qilmas natijalar bilan dunyo futbol ommasi nazariga tushgan klubning har qaysi qit’adan muxlislarini topsa bo‘ladi.

10. «Ayaks»

Ro‘yxatdagi birinchilik niderland jamoasiga nasib etdi. Aytish mumkinki, klub bunga to‘laqonli munosib. Total futbolning ichki chempionatdagi yorqin namunasi bo‘lgan «Ayaks», Niderlandiyaning eng kuchli klubidir. Dunyo futboliga Yoxan Kroyff, Marko van Basten kabi iste’dodlarni taqdim etgan jamoani yoqtirmaslikning iloji yo‘q. O‘ziga xos «yulduzlar fabrikasi» vazifasini bajarib kelayotgan klubning dunyo bo‘ylab son-sanoqsiz fanatlari mavjud. Yevropaning kuchli beshtalik chempionati klublariga raqobatdoshlik borasida «Ayaks»ga yetadigani yo‘q.


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 10:21, 28.07.2021.
O'qildi: 6026 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.