Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Bobur Akmalov: Yaxshi xabarlar borligi qandoq yaxshi!

Bobur Akmalov: Yaxshi xabarlar borligi qandoq yaxshi!

Baho:
+ | -

Eldor Shomurodov "Roma"ga o‘tayotgani haqida bildingiz. Bu transfer hali rasman e’lon qilinmadi, biroq tafsilotlar ma’lum va rimliklar Tvitterdagi rasmiy akkaunti bu haqda ma’lum qilgani bor gap.

Endi bir jihatga e’tibor qaratmoqchiman (bu haqda kecha Futbol studiyada ham gaplashgandik): "Jenoa" aksar hollarda - chempionatning 70% o‘yinlarida ikkinchi jamoa bo‘lib o‘ynaydi. Bu o‘yin uslubida Shomurodov yorqinroq ko‘rinadi. Raqibga to‘p va hududni berib, qarshi hujumga tayanib, ta’qibdan qochib ketish va tezlanish olganidan so‘ng yo‘l-yo‘lakay 1-2 raqibdan o‘tib ketish Eldorning "fishka"si. U urgan gollarni yana bir bor tomosha qiling.

Xo‘sh, "Roma"da shunday davom etadimi?

"Roma" "Jenoa" emas, katta ehtimol bilan 70% o‘yinlarda 1-raqamli bo‘lib o‘ynaydi. Bunday holda raqiblar o‘z yarim maydonida harakatlanadi, himoya bir necha qator, zichlik yuqori. Afsuski, bunday o‘yinda Shomurodov eng yaxshi xislatlarini namoyish qila olmaydi. Joze Mourinyo qo‘l ostida u mana shu aspektlarini ham o‘stiradi, deb umid qilamiz.

U Ballardini ishonchi, rusiyzabon klubdoshi va o‘rganib ulgurgan muhitidan yangi joyga, katta murabbiy qo‘liga va mavhum kelajak tomon qadam bosdi. Yana bir yil qolishi kerakmidi yo ayni vaqtida bu chaqiriqni qabul qildimi? Bu savolga ma’lum vaqt o‘tgach javob olamiz. Ungacha esa tavakkal qilgan vatandoshimizga har o‘yinda, har bir harakatida omad tilaymiz.

Eldor - pioner. Yevropaga o‘zbek yo‘lini ochib bergan yigit bo‘lib tarixda qolsin, ilohim.

Forsa, "jalorossi"!

Bobur Akmalov.

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 14:13, 29.07.2021.
O'qildi: 6627 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.