«Yuventus» klubi Braziliya chempionati vakili «Santos» hujumchisi Kayo Xorxeni sotib olmoqchi. Xabarlarga ko‘ra, turinliklar 19 yoshli futbolchi uchun 3 million yevro berishga rozi bo‘lgan. Ammo «Satnos» prezidenti Andres Rueda Xorxeni klubda olib qolish niyatida.
Bundan oldin Portugaliya vakili «Benfika» futbolchiga 4 million yevrolik taklif bergan edi. Lekin taklif rad etilgan.
Yosh hujumchi klubi safida 80 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.