Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Muxtasar Tohirova o‘z chiqishlarini
yakunladi. Bugun u 50 metrdan 3 holatda o‘q otish dasturida qatnashdi.
Vakilamiz har uch mashqlar yakuni bo‘yicha 1155 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan
u ushbu dasturni 30-natijada yakunladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiadaga 2 ta lisenziya olgan
Tohirova bungacha 10 metr masofada o‘tkazilgan dasturda ham ishtirok etgan edi.