Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Islomjon Qobilov: «Ushbu mavsumda quruq o‘yin o‘tkazish qiyin bo‘lmoqda»

Islomjon Qobilov: «Ushbu mavsumda quruq o‘yin o‘tkazish qiyin bo‘lmoqda»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" himoyachisi Islomjon Qobilov Superliganing 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Nasaf"ga qarshi o‘yindan so‘ng klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Davralar oralig‘ida uchrashuvga uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik. Umuman olganda, yigitlar chin yurakdan mehnat qilishdi. O‘z navbatida murabbiylar yutqazmaslik uchun bizga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlar berishdi. O‘yinni yaxshi, hujumkor boshladik. Asosiysi, yakkakurashlarda raqibga imkon bermadik. Tezkor gol urib olganimizdan keyin esa o‘yin biroz osonroq o‘tdi.

— Uchrashuvning birinchi bo‘limida tashabbus biz tomonda edi. Ikkinchi bo‘limda esa «Nasaf» ko‘proq hujum qildi. Bu himoyachilarga qanchalik darajada og‘ir?
— 2:0 hisobida oldinda edik. Shu boisdan ustunlikni ushlab qolish kerak edi. Og‘ir bo‘ldi, ammo, raqibning bosimiga dosh bera oldik. Ushbu mavsumda quruq o‘yin o‘tkazish qiyin bo‘lmoqda. Shu boisdan ham «Nasaf» kabi raqib bilan yaxshi o‘yin namoyish qilib, hujumda ham, himoyada ham a’lo darajada harakat qilib, gol o‘tkazmasdan g‘alabaga erishish yaxshi natija hisoblanadi.

— Mikael Sekeyra ma’lum sabablarga ko‘ra kutilganidan ko‘ra kechroq keldi. Bu mashg‘ulot jarayonlariga ta’sir o‘tkazmadimi?
— U barchasini nazorat qilayotgandi. Murabbiyimiz mashg‘ulotimiz videolarini doimiy ravishda tomosha qildi va barchasidan xabardor bo‘lib turdi.

— «Lokomotiv»ni oldinda muhim bahslar kutib turibdi. Jamoaning yuqori o‘rinlar uchun kurashishga imkoniyatlar qanday?
— Ortga yo‘l yo‘q. Har bir bahsda kurashamiz. Vazifani ado etish uchun ochkolar to‘plash kerak.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:51, 31.07.2021.
O'qildi: 2814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.